Mioglobin (mio... va globin) — murakkab oqsil. Tarkibi va xossalari jihatdan gemoglobinga oʻxshaydi. M. oksigemoglobin hosil qila olganidan, ishlayotgan muskullarni zaxira kislorod bilan taʼminlaydi. Tuzilishi rent-genostruktura tahlili usulida aniqlangan. Bitta polipeptid zanjirdan iborat. Umurtqali hayvonlar muskullarida toʻqimaning quruq massasi hisobida 2%, suv ostida uzoq yashay oladigan dengiz hayvonlari (tyullen, kit, delfin va boshqalar) muskullarida 20% gacha M. boʻladi. M. muskullarda molekulyar kislorodni toʻplab, hujayralarning oksidlanish sistemasiga oʻtkazib berish xususiyatiga ega.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.