Miyonxat — oʻzbek, tojik, uygʻur mumtoz musiqa shakllarining tarkibiy kuy tuzilmasi. M. Sarxat (Daromad, Sarxona)dan keyin keladigan kuy boʻlagi sifatida gavdalanib, odatda, Dunasrp ulanib boradi. Maqom shoʻʼbalari M.larida musiqa bayoni yangi, yuqoriroq darajaga koʻtarilib, kuy rivoji oʻrta (asosiyga nisbatan kvarta, kvinta balandligidagi) pardalarda taʼminlanadi. Hajmi jihatidan 1—2 kuy davri (yaʼni, 2—4 kuy jumlasi)dan tashkil topdi. Ashula yoʻllarida bir yoki ikki sheʼriy baytni oʻz ichiga oladi. M. kuy rivoji vositasi sifatida zamonaviy bastakorlarning chrlgʻu va ashula asarlarida ham mu-him ahamiyat kasb etadi. Koʻpincha, cholgʻu asarlarida miyonxona deb yuritiladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.