Oaxaka (ispancha: Queso Oaxaca) ― sigir sutidan tayyorlangan meksikalik yarim qattiq pishloq. Odatda Oaxaka oq rangda[1]. Pishloq Meksikaning Oaxaka shtati sharafiga nomlangan, u yerda ilk bor Dominikan rohiblari tomonidan tayyorlangan. Dastlab, echki suti pishloq tayyorlash uchun ishlatilgan, ammo tez orada u deyarli yoʻq boʻlib ketgan soʻng ular sigir sutidan foydalanishni boshladilar. Pishloqni tayyorlash jarayoni juda murakkab va pishloqni uzun lentalarga choʻzish hamda ularni bir-biriga bogʻlashdan iborat[2].