Ohangaron | |
---|---|
shahar | |
40°54′22″N 69°38′40″E / 40.90611°N 69.64444°E G OKoordinatalari: 40°54′22″N 69°38′40″E / 40.90611°N 69.64444°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Toshkent viloyati |
Tuman (maʼmuriy birlik) | Ohangaron tumani |
Hukumat | |
Asos solingan | 1960 |
Qachondan beri shahar | 1966 |
Iqlim turi | mo'tadil |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi (2010) |
20 000 kishi (2 010)[1] |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, tojiklar, quramalar, ruslar, tatarlar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 7066 |
Pochta indeks(lar)i | 110300, 110302, 110303, 110306 |
|
Ohangaron (oʻzbekcha: Ohangaron/Оҳaнгарон, ruscha: Ахангаран, forscha: آهنگران) Oʻzbekiston, Toshkent viloyatidagi shahar. Ohangaron — Ohangaron tumanining maʼmuriy markazi hisoblanadi[2].
Ohangaron shahri Ohangaron qishlogʻi oʻrnida paydo boʻlgan, hududda asosan oʻzbeklar va tojiklar yashagan. (tojikcha. „Oxangaron“ — „Temirchilar“ deb tarjima qilingan)[3].
Rasmiy ravishda Ohangaron aholi punkti 1960-yilda sement zavodi qurilishi boshlanishi munosabati bilan aholi punkti maqomini olgan. Shahar maqomini esa 1966-yilda berilgan. 2010-yildan viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomiga ega boʻlib, Ohangaron tumanining markazi hisoblanadi[4].
Ohangaron daryosi boʻyida Qurama togʻ tizmasining etaklarida joylashgan (daryoning boshqa nomi Angren). Dengiz sathidan balandligi — 567 metr.
Ohangaron Oʻzbekiston uchun katta sanoat ahamiyatiga ega. Toshkent-Angren temir yoʻl yoʻnalishida joylashgan.
Shaharda yirik korxonalar sement (1966-yil ochilgan), shifer zavodlari, temir-beton buyumlar zavodi, „Santexlit“ zavodi (1996-yilda yopilgan), asbest-sement va issiqlik izolyatsion mahsulotlar, qurilish materiallari va plastmassa buyumlari zavodlari, gʻisht ishlab chiqarish, rezina buyumlar, paxta iplari va kalava ishlab chiqarish kabi korxona va zavodlar bor
Shuningdek, yashash va obodonlashtirish infratuzilmasi — uylar, bolalar bogʻchalari, maktablar, bank muassasalari va aviakassalar mavjud.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |