Oris
qishloq
42°34′9″N 69°45′48″E / 42.56917°N 69.76333°E / 42.56917; 69.76333 G OKoordinatalari: 42°34′9″N 69°45′48″E / 42.56917°N 69.76333°E / 42.56917; 69.76333 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Janubiy Qozog'iston viloyati
Tuman Sayram tumani
Hukumat
 • Akim Baxtiyor Mirzatoev
Maydon 4,778 km2 (1,845 mi²)
Aholisi
 (2012)
10 500
Milliy tarkib oʻzbeklar, qozoqlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 725 31[1]
Pochta indeks(lar)i 160804[2]
Avtomobil kodi X, 13
Oris xaritada
Oris
Oris

Oris qishlogʻi — Janubiy Qozog'iston viloyati Sayram tumanida joylashgan. Markazi—Inqilob qishlogʻi. Aholisi soni 10500 kishi.

Qisqacha tarixi

Oris va Qorasuv daryolari yoqasiga dastlabki aholi XX asrning boshlarida kelib joylashgan ekan. Koʻchib kelganlarning koʻpchiligi qorabuloqliklar deyishadi. Oʻzlari egallagan erlarni kengaytirgisi kelgan boy kishilar Doʻlanabuloq, Qatorbuloq, Toshbuloq singari buloqlar boshiga joylashadilar. Shajaraga tayanadigan boʻlsak, Qorabuloq boylaridan biri Nurjon ismli kishi bu erga birinchi koʻchib kelganlardan boʻlgan. Keyinroq borib uning uy-joyi Nurjonqoʻrgon deb atalib ketgan. Ayrim hujjatlarda u Devonaqoʻrgon deb ham ataladi. Bu er yurt kezib yurgan odamlar uchun boshpana, tunaydigan joy boʻlgan. Xoʻjaqoʻrgʻon, Moʻmin bobo qoʻrgoni, Boyishqoʻrgʻon, Sagizqoʻrgon deyiladigan atamalarga qarab qoʻrgʻon egalarining kimlar boʻlganini aniqlab olish uncha qiyin emas. Qishloq 1933-yilgi ocharchilikdan qattiq jabr koʻrdi. Qirqinchi yillargacha bu erda Inqilob va Internatsional nomli ikkita kolxoz boʻldi. Keyinroq ular Yangi turmush, Madaniy, Paxtazarbdor kolxozlari bilan birlashib, yirik N. Xrushchev nomli kolxozni tashkil etdilar. 1964-yilda N. Xrushchev ketgach, Leninizm deb atala boshladi. 1965-yilda yirikpashtirish natijasida Navoiy nomli sovxoz tarkibiga kirdi. 1991-yilda Nurjonqoʻrgon yana Inqilob kolxozi boʻlib, 1996-yilda Xoʻjaqoʻrgʻon qishlogʻi ahli „Oris“ kolxozi boʻlib boʻlinib chiqdi. Ulugʻ Vatan urushida qishloqdan 300 kishi qatnashib, ulardan 70 nafari jang maydonlarida halok boʻldi[3].

Maorif soxasi

Direktori: Irisaliev Xotam.

Direktorlari: S. Qurbonboev. T. Abduhoshimov. E. Sarmonov. E. Adahamov (1999-yildan beri).

Xoʻjaliklari

Inqilob, Boltaboy Temirov nomli ishlab chiqarish shirkatlari, Barakot, Nortoy ota tegirmonlari, Nizom Ismoilovning avtotransportni taʼmirlash sexi

Jamoat tashkilotlari

Qishloqqa mehnati singgan azamatlar

Boltaboy Temirov, Arzioy Abdukarimova.

Manbalar