Pankreatin (INN : Pankreatin) — oshqozon osti bezi tomonidan ishlab chiqariladigan ovqat hazm qilish fermenti. Uning tarkibiy qismi boʻlgan oshqozon osti bezi fermentlari — amilaza, lipaza va proteaza — uglevodlar, yogʻlar va oqsillarni hazm qilishda ishtirok etadi. Oshqozon-ichak trakti kasalliklarida va notoʻgʻri ovqarlanishlarda qoʻllaniladi. U turli xil savdo nomlari ostida ishlab chiqariladi. Ular Biofestal, Normoenzym, Ferestal, Festal, Enzistal, Pancreoflat, Biozym, Vestal, Gastenorm, „Kreon“, „Mezim“, „Mikrazim“, „Panzim“, „Pankreatin-Belmed“, „Panzinorm“, „Pankreazim“, „Pankrelipaz“, „Pankrenorm“, „Pantsitrat“, „Penzital“, „Uni-Festal“, „Enzibene“, „Ermital“, „Evenzim“[1][2]. Lipazaning birlikdagi miqdoriga qarab har xil dozalarda chiqariladi.

Xususiyatlari

Choʻchqa va qoramollarning oshqozon osti bezidan olingan ferment preparat hisoblanadi. Suvda kam eriydi.

Oshqozonning kislotali muhitida pankreatin tezda faolligini yoʻqotadi. Ichakda pH = 5,5 da faollashadi[2].

Tasniflash

Oshqozon osti bezi fermentlarini oʻz ichiga olgan preparatlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

Savdo nomi Lipaza, ED Diametri Boshqa komponentlar
Kreon 10000, 25000, 40000 2 mm dan kam
Panzinorm 10000, 20000 2 mm dan kam
Mikrazim 10000, 25000 2 mm dan kam
Mezim-forte 3500, 10000, 20000 2 mm dan ortiq
Penzital 6000 2 mm dan ortiq
Digestal 6000 2 mm dan ortiq safro, gemiselluloza
Festal 6000 2 mm dan ortiq safro, gemiselluloza
Ermital 10000, 25000, 36000 2 mm dan kam
Enzistal 6000 2 mm dan ortiq safro, gemiselluloza

Koʻrsatmalar

Oshqozon osti bezining ekzokrin funksiyasining yetishmovchiligi (surunkali pankreatit). Oshqozon-ichak, jigar, oʻt pufagining surunkali yalligʻlanish-distrofik kasalliklarida va bu organlarning rezektsiyasi yoki nurlanishidan keyingi holatlarda, ovqat hazm qilish buzilishi, meteorizm, diareyada qoʻllanilad. Notoʻgʻri ovqatlanish va chaynash funksiyasining buzilishlarida ham ovqat hazmini yaxshilash uchun bu preparat buyuriladi[3].

Qoʻllanilishi va dozalash

Dozalash meʼda osti bezi yetishmovchiligi darajasiga qarab individual ravishda belgilanadi. Preparat kattalarda 1-4 tabletkadan har bir ovqatlanishdan keyin qoʻllaniladi. Tabletkalarni ovqat paytida yoki undan keyin ogʻiz orqali, chaynamasdan, koʻp suyuqlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Kundalik doza 6-18 tabletkani (48000-150000 IU FIP) tashkil etadi. Oshqozon osti bezi funksiyasi toʻliq yetishmovchiligida (masalan, mukovissidozda) dozani kuniga 49 tabletkagacha (400 000 IU FIP) oshirish mumkin. Bu kattalarning lipazga boʻlgan kunlik ehtiyojiga mos keladi. Davolash kursi bir necha kundan (notoʻgʻri ovqatlanish tufayli ovqat hazm qilish funksiyasining buzilishlarida), bir necha oy va hatto yillargacha davom etishi mumkin[3].

Samaradorligi

Ferment preparatlarining samaradorligi chiqarilish shakliga (mikrosferalar / mikrotabletlarga ega tabletkalar yoki kapsulalar), zarrachalar hajmiga (2 mm dan kam), oshqozonning kislotali muhitiga chidamliligiga va oʻn ikki barmoqli ichakdagi fermentlarni chiqarish tezligiga bogʻliq. Ekzokrin pankreatik yetishmovchilikni davolash uchun (soʻnggi tavsiyalarga koʻra) mikrosferalarni oʻz ichiga olgan kapsulalar tavsiya etiladi.

Nojoʻya taʼsiri

Foydalanishda yuqori sezuvchanlik reaksiyasi juda kamdan-kam hollarda boʻlishi mumkin. Preparatning yuqori dozalarini uzoq muddat qoʻllash giperurikozuriyani paydo boʻlishi mumkin. Ichak tutilishi, ingichka ichakning strikturasi belgilari paydo boʻlishi ham mumkin[3][4].

Saqlash sharoiti

Quruq, qorongʻi joyda, 25 °C dan past haroratda saqlanishi kerak[5].


Manbalar

  1. „Панкреатин (Pancreatin): инструкция, применение и формула.“. rlsnet.ru. 2009-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2012-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 Sablin O. A., Butenko Ye. V. Fermentnie preparati v gastroenterologii // Consilium-Medicum. — 2004. — Tom 6. — № 1. Gastroenterologiya.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Мезим. Описание препарата.“. webapteka.ru. Qaraldi: 7-avgust 2011-yil.
  4. Pankreatin (Pancreatinum)- opisanie veщestva, instruksiya, primenenie, protivopokazaniya i formula
  5. Pankreatin (Pancreatin) — instruksiya po primeneniyu, sostav, analogi preparata, dozirovki, pobochnie deystviya

Havolalar