Paxtakor 79 | |||
Toʻliq nomi | Paxtakor 79 Professional Futbol Klubi | ||
Asos solingan | 1987 | ||
Stadion | Uychi stadioni | ||
Stadion hajmi | 2500 | ||
Egasi | Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi | ||
Murabbiyi | Nozim Mullaohunov | ||
Vebsayt | https://www.pfl.uz/uz/clubs/599 | ||
Musobaqasi | Oliy liga | ||
2021 | |||
|
Paxtakor-79 — Namangan futbol jamoasi. Oʻzbekiston Oliy Ligasi vakili. 1979-yilgi aviahalokat natijasida halok boʻlgan[1] Paxtakor futbol jamoasi xotirasiga tashkil etilgan futbolchilar jamoasi. Oʻshanda oʻzbek futboli iftixori sanalgan „Paxtakor“ jamoasi aʼzolarining barchasi samoda halokatga uchrashgan edi.
1979-yilda avia halokatda fojiali ravishda halok boʻlgan Toshkentning "Paxtakor" futbol jamoasi xotirasi sharafiga 1987-yilda tashkil etilgan. Klub bir muddat „Uychi“ nomi ostida faoliyat olib borgan.
Sobiq Ittifoq davrida klub viloyat va respublika chempionatlarida ishtirok etgan. 2013-yilgacha Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida, shuningdek, Namangan viloyati chempionatida toʻp surgan.
2013-yilgi mavsumda „Xotira-79“ oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston Birinchi ligasi bahslarida ishtirok etadi. Biroq dastlabki bosqichda „Sharq“ guruhi tarkibida (12 ta jamoa orasida) 10-oʻrinni egallab, final bosqichiga chiqa olmagan.
2014-yilda Sharq guruhi tarkibida Birinchi liganing dastlabki bosqichida 12 ta jamoa orasida 6-oʻrinni egallaydi. Shuningdek, final bosqichida 16 ta jamoa orasida 14-oʻrinni zabt etadi.
2015-yilgi mavsumda klub final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi va bu turnirda ham 16 ta jamoa orasida 14-oʻrindan joy egallaydi (Sharq guruhida dastlabki bosqichda 10 ta jamoa orasida 4-oʻrinni egallagan).
2016-yilda 18 ta jamoa orasida yana 14-oʻrinni band qiladi. 2017-yil yakuni oldidan jamoa 17-oʻrinni egallashiga qaramay, yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston Pro-ligasi „B“ guruhida oʻrnini saqlab qoladi.
2018-yilgi mavsumda u mamlakat futbol olamida saviyasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrinda qayd etiladigan Pro-liga ishtirokchisiga aylanadi. Bu turnirda ham „Xotira- 79“ futbol klubi 18 ta jamoa orasida 17- oʻrinni band qiladi. 1979-yilda avia halokatda fojiali ravishda halok boʻlgan Toshkentning "Paxtakor" futbol jamoasi xotirasi sharafiga 1987-yilda tashkil etilgan. Klub bir muddat „Uychi“ nomi ostida faoliyat olib borgan.
Sobiq Ittifoq davrida klub viloyat va respublika chempionatlarida ishtirok etgan. 2013-yilgacha Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida, shuningdek, Namangan viloyati chempionatida toʻp surgan.
2013-yilgi mavsumda „Xotira-79“ oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston Birinchi ligasi bahslarida ishtirok etadi. Biroq dastlabki bosqichda „Sharq“ guruhi tarkibida (12 ta jamoa orasida) 10-oʻrinni egallab, final bosqichiga chiqa olmagan.
2014-yilda Sharq guruhi tarkibida Birinchi liganing dastlabki bosqichida 12 ta jamoa orasida 6-oʻrinni egallaydi. Shuningdek, final bosqichida 16 ta jamoa orasida 14-oʻrinni zabt etadi.
2015-yilgi mavsumda klub final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi va bu turnirda ham 16 ta jamoa orasida 14-oʻrindan joy egallaydi (Sharq guruhida dastlabki bosqichda 10 ta jamoa orasida 4-oʻrinni egallagan).
2016-yilda 18 ta jamoa orasida yana 14-oʻrinni band qiladi. 2017-yil yakuni oldidan jamoa 17-oʻrinni egallashiga qaramay, yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston Pro-ligasi „B“ guruhida oʻrnini saqlab qoladi.
2018-yilgi mavsumda u mamlakat futbol olamida saviyasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrinda qayd etiladigan Pro-liga ishtirokchisiga aylanadi. Bu turnirda ham „Xotira- 79“ futbol klubi 18 ta jamoa orasida 17- oʻrinni band qiladi.
Samoda halok boʻlgan oʻyinchi va jamoa aʼzolarining roʻyxati mazkur insonlardan iborat[2]:
Ismi | Tugʻilgan sanasi | Tavsifi |
---|---|---|
Idgay Borisovich Tazetdinov | 13.01.1933 | Murabbiy |
Vladimir Vasilevich Chumakov | 08.12.1932 | Shifokor |
Mansur Inomjonovich Tolibjonov | 04.04.1944 | Maʼmur |
Mixail Ivanovich An | 19.11.1952 | Yarim himoyachi |
Vladimir Ivanovich Fyodorov | 05.01.1956 | Hujumchi |
Olim Masolievich Ashirov | 25.01.1955 | Himoyachi |
Ravil Rustamovich Agishev | 14.03.1959 | Himoyachi |
Konstantin Aleksandrovich Bakanov | 25.05.1954 | Yarim himoyachi |
Yuriy Timofeevich Zagumennix | 07.06.1947 | Himoyachi |
Aleksandr Ivanovich Korchyonov | 04.05.1949 | Yarim himoyachi |
Nikolay Borisovich Kulikov | 25.04.1953 | Himoyachi |
Vladimir Vasilevich Makarov | 09.03.1947 | Yarim himoyachi |
Sergey Konstantinovich Pokatilov | 20.12.1950 | Darvozabon |
Viktor Nikolaevich Churkin | 25.01.1952 | Hujumchi |
Sirojiddin Ahmadovich Bozorov | 10.08.1961 | Hujumchi |
Shuhrat Moʻsinovich Eshboʻtayev | 08.02.1959 | Hujumchi |
Vladimir Valievich Sobirov | 14.01.1958 | Hujumchi[3] |
|
|