Pergament (qadimgi yunoncha: Πέργαμον, Pergamon; miloddan avvalgi 2-asrda xat yozish uchun xizmat qiladigan material pergament tayyorlana boshlangan Pergam shahri nomidan) — 1) maxsus ishlov berilgan mol va choʻchqa terisi; doira, doʻmbira, baraban va baʼzi mashina detallari uchun ishlatilgan; 2) sulfat kislota (H2SO4) bilan ishlov berilgan qogʻoz; shaffof, yogʻ va suvni oʻtkazmaydi. Materiallarni oʻrashda, izolyasiya materiali sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.[1]
Vikiomborda Pergament haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |