Qashqay
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni
Jami: 1,5 million
Eron
Til Qashqay tili, Forscha
Dini Shialik
Qashqaylarning chodiri
Qashqaylik odam kalyan chekmoqda. Sepidan Shahristoni, Eron

Qashqaylar (forscha: قشقائی Qashqāī) hali ham asosan koʻchmanchi hayotda yashab kelayotgan turkiy xalqlardan biri boʻlib, asosan Eron janubi-sharqida joylashgan Fors koʻrfazdagi Sheroz atrofida koʻchib yurishadi. Eronda ozarbayjonliklardan soʻng eng koʻp sonli turkiy xalqlarning vakili hisoblanadi.

Koʻchmanchilik manzilgohlari, yozda Sheroz togʻlari va qishda Fors koʻrfazi tekisliklari (qishlov) oraligʻida, 480-1000 kilometrlik maydonni qamrab oladi.

Qashqaylarning katta qabilalari

Kamroq qabilalar:

Dini

Qoshqaylar shialarning 12 imom eʼtiqodini qabul qilganlar.

Tili

Ular gapiradigan til qashqay tilidir. Ular ko‘chmanchi bo‘lganlari uchun tillariga Erondagi boshqa turkiy xalqlar kabi fors tili unchalik ham taʼsir ko‘rsatmagan. Ular o‘zaro qashqay tilida gaplashadilar, ammo fors tili taʼlim tili bo‘lgani uchun baʼzida fors tilida ham gaplashishadi.

Turar-joy hududlari

Ular Zagros togʻlari etaklari boʻylab choʻzilgan mintaqada yashaydilar. Manzilgohlari; Sheroz, Feruzobod, Farashbend, Kazerun, Abade va Semirom kabi shaharlarda joylashgan edi.

Hayot tarzi

Anʼanaviy bosh kiyim kiygan qashqay bola.

Qashqay erkaklar ot minish va choʻponlik mahorati bilan mashhur. Ularning odatiy bosh kiyimlar ham bor. Qashqay ayollari koʻp rangli yubkalar, yorqin koʻylak bilan sharflar oʻrashadi. Ular gilamdo‘zlikda mahoratli, o‘zlarining manzilgohlarida tabiiy o‘simliklar va hasharotlardan hamda qo‘ylarining junidan olingan tabiiy bo‘yoqlardan foydalangan holda juda rang-barang va betakror gilamlar to‘qishadi. Erondagi boshqa ayollardan farqli oʻlaroq, ular turar joylarida anʼanaviy choyshab kiyishmaydi. 1979-yilgi inqilobdan beri ular shaharlarga chodra kiyib kelishga majburdirlar.[1]

Taniqli qashqay turklari

Madaniy taʼsirlari

Nissan Motors oʻzining 2006-yilgi modeliga Qashqay qabilasining nomini bergan edi. Dizaynerlarning fikricha, xaridorlar ham koʻchmanchi ruhli boʻlishiga ishonishadi.

Manbalar

  1. „Nissan Qashqai car“ (2008-yil 5-avgust). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.