Saidjamshid Jafarov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
16-yanvar 1999-yil Buxoro,Buxoro viloyati |
Boʻyi | 179 sm |
Vazni | 71, oʻrtacha (75 kg) |
Sport | |
Qaysi sport | Boks |
Murabbiy(lar)i | Hamza Avezov,Ravshan Xodjayev |
Medallar | |
Medal soni | ||
---|---|---|
Oʻzbekiston vakili | ||
Boks | ||
Boks boʻyicha jahon chempionati | ||
Jahon chempionati | ||
Kumush | Boks bo'yicha jahon chempionati 2023 | Toshkent 2023 |
Boks bo'yicha Osiyo chempionati | ||
Osiyo chempionati | ||
Oltin | Boks bo'yicha Osiyo chempionati 2021 | Dubay 2021 |
Oltin | Boks bo'yicha Osiyo chempionati 2022 | Amman 2022 |
Saidjamshid Jafarov (oʻzbekcha: Saidjamshid Jafarov 1999-yil 16-yanvar,Buxoro, Buxoro viloyati) — oʻzbekistonlik bokschi. Boks boʻyicha oʻrta vazn toifasida xalqaro turnirlarda qatnashmoqda. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempionati kumush medali sovrindori (Boks bo‘yicha jahon chempionati 2023-yil), ikki karra Osiyo chempioni (2021—2022-yillar[1]), ikki karra O‘zbekiston chempioni (2020—2021-yillar), xalqaro va milliy havaskorlar turnirlarining koʻp karra gʻolibi va sovrindori.
Saidjamshid Jafarov 1999-yil 16-yanvarda Buxoroda tavallud topgan[2].Saidjamshid Jafarovning murabbiylari Hamza Avezov va Ravshan Xodjayev[3][4].Buxoro boks maktabida tahsil olgan va Buxoro Olimpiya zaxiralari kollejini tamomlagan[5]. Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti talabasi va boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi[6].Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 30-iyun yoshlar kunida „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[7][8].
2020-yil noyabr oyida boks boʻyicha 75 kg vazn toifasida finalda tajribali Aslonov, Odiljon Obidovichni magʻlub etib, Oʻzbekiston chempioni boʻldi[9][10].
Boks bo‘yicha 2021-yil may oyida Dubayda (BAA) 75 kg vazn toifasida Boks bo‘yicha 2021-yilgi Osiyo chempionati gʻolib bo‘ldi.Qozog'istonda boʻlib oʻtgan bahsda Amanqul Abilxon Bekmuratovichni bahsli tarzda magʻlub etdi[11][12].
2021-yil noyabr oyi boshida Belgradda (Serbiya) Boks boʻyicha jahon chempionatida 75 kg gacha vazn toifasida ishtirok etdi. Saidjamshid Jafarov Boks bo‘yicha 2021-yilgi jahon chempionatida 75 kg gacha vazn toifasida musobaqaning 1/32 finalida slovakiyalik Lukas Fernecni ochkolar bo‘yicha (5:0) mag‘lub etdi va 1-musobaqaning 16 finalida ochkolar boʻyicha (5:0) Yaponiyalik Yuito Morivakiga magʻlub boʻldi[13]. 1/8 finalda ochkolar bo‘yicha (5:0) Ozarbayjonlik Mirsharif Kazimzadeni mag‘lub etdi[14][15]. Saidjamshid Jafarov ammo chorak finalda ochkolar boʻyicha bahisda (2:3) bilan Tailanda Weerapon Jongjoho bokschisiga yutqazdi[16][17].
2021-yilning dekabr oyida Saidjamshid Jafarov 75 kg vazn toifasida finalda Abdulaziz Abdupattayevni mag‘lub etib, yana O‘zbekiston chempioni bo‘ldi[18].
2021-yil Belgradda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 75 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov Slovakiyalik Fernezaga qarshi ringga chiqdi va raqibi ustidan gʻalaba qozondi[19].
2022-yil noyabr oyida boks boʻyicha Osiyo chempioni Amman (Iordaniya)da 75 kg vazn toifasida tajribali Qozogʻistonlik Rayssni magʻlub etidi[20][21].
2022-yil 12-noyabr kuni Boks bo‘yicha Osiyo chempionati boʻyicha final janglarda 75 kg vazn toifasida bokschimiz Saidjamshid Jafarov oltin medalni qoʻlga kiritdi[22].
2022-yil dekabr oyida 75 kilogram vazn bilan Saijmshid Jafarov Osiyo chempionati finalida Qozog‘istonlik Nurkanat Rayisga qarshi jangda raqibini magʻlub etib g‘alabaga qozondi va ikki karra Osiyo chempioniga aylandi[23].
2022-yil 11-dekabr Abu-Dabi (BAA)da, III Global Boks Forumi yakunida Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi IBA Chempionlar kechasi turnirida[24], 2021-yilgi jahon chempioni kubalik bokschi Hernandez Yoenlisga 5 raundlik jangda bo‘linish qarori bilan mag‘lub bo‘ldi[25][26].
2022-yil Iordaniyada oʻtkazilgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida Saidjamshid Jafarov 75 kg vazn bilan Tojikistonlik Abdumalik Boltaev bilan ringga chiqdi va 5:0 hisobida raqibi ustidan gʻalaba qozondi[27].
2023-yil fevral oyida boks boʻyicha Sofiyada boʻlib oʻtgan vakillik xalqaro Stranja Cupda 71 kg gacha vazn toifasida gʻolib boʻldi va yarim finalda armaniyalik Daniya Nikolay Terteryanni magʻlub etdi[28].Finalda esa tajribali turk Tugrulxon Erdemir ustidan gʻalaba qozondi[29][30].
2023-yil 5-fevralda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 75 kg vazn bilan Saidjamshid Jafarov Mozambilik raqibini magʻlub etdi[31].
2023-yil O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi final bahsda Saidjamshid Jafarov Qozogʻistonlik Aslanbek Shimbergenovga magʻlub boʻlib kumush medalni qoʻlga kiritdi[32][33].
2023-yil 12-may kuni Toshkent mezbonligidagi jahon chempionatida Saidjamshid Jafarov −71 kg bilan Braziliyalik Vanderson De-Oliveyraga qarshi bahsning yarim finalida jang qildi va 4:1 hisobida raqibini magʻlub etdi[34].
2023-yil Toshkentda erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida Saidjamshid Jafarov −71 kg vazn bilan Meksikalik Alonso Verdega bahsga tushdi va 4:1 hisobida raqibini magʻlub etib g‘alabaga qozondi[35].
2023-yil boks boʻyicha Rossiyaning Kaspiysk shahrida Magomed-Salam Umaxanov xotirasiga boks boʻyicha boʻlib oʻtgan jangda Buxorolik bokschimiz Saidjamshid Jafarov −75 kg vazn bilan Rossiyalik Ramazan Saaduevga qarshi jangda raqibini magʻlub etib g‘alabaga qozondi va kumush medal bilan taqdirlandi[36].
2023-yil Toshkentda bosk boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Saidjamshid Jafarov Rossiyalik Igor Sviridchenkovni −71 kg vazn toifasida magʻlub etib gʻalaba qozondi[37][38].
2023-yil may oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yana bir bor Buxorolik bokischimiz Saidjamshid Jafarov −71 kg vaznda Mozambiklik Osorio Muhanga ustidan g‘alaba qozonib chempionatning keyingi bosqichiga yoʻl oladi[39].