Savsan soʻzi fors-tojik tilidan oʻzbek tiliga oʻtib oʻzlashgan. Qadimgi turkiy yozma manbalarda qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlarida savsan tarzida uchraydi. Boshi quyidurur savsan ollinda, Chu nargiz oʻldi chaman maxzanda naqdulfanj. (Gʻaroyib us-sigʻar , 110)
Eski tojik tilida savsan-soʻsan سوسن , hozirgi eroniy tillarda:tojik tilida savsan, turkiy tillardan oʻzbek tilida savsan, ozarbayjon tilida susen koʻrinishida qoʻllanadi. Soʻzning etimoni haqida maʼlumotlar yoʻq.
Savsan soʻzi tarixan qoʻshma soʻz boʻlib, usu-sav va san kabi komponentlarning qoʻshilishidan yasalgan til birligidir."Gʻiyos ul-lugʻat"da ham bu soʻzga izoh berilganda, gulning bir turi, osmoni rang ekanligi qayd etiladi (269-bet).
Savsan soʻzining birinchi komponenti su-savning mustaqil qoʻllanib, anglatgan maʼnosini yozma manbalarda uchratmadik. Ikkinchi komponent san esa mustaqil soʻz sifatida qadimgi fors-tojik yozma manbalarida(Roʻdakiy asarlarida)oʻsimlikning bir nav’i nomini atagan:San سن ashaqa, oshiqpechon, ishqndarpechon. Bu soʻzning maʼno tarixi, komponentlarning mustaqil forma va shakllari haqida toʻliq maʼlumot mavjud emas.