Sefaleksin — antibiotik, birinchi avlod sefalosporin, ogʻiz orqali qabul qilinadi. 7-aminosefalosporan kislotasining hosilasi.

Farmakologik taʼsiri

Bakteritsid taʼsir koʻrsatadi, mikroorganizmlarda hujayra devori sintezini buzadi.

Preparat gram-musbat mikroorganizmlar: Staphylococcus spp., Streptococcus pneumoniae, Corynebacterium diphtheriae ; Gram-manfiy mikroorganizmlar: Neisseria meningitidis, Neisseria gonorrhoeae, Shigella spp., Salmonella spp., ichak tayoqchasi ga qarshi faoldir.

Preparat Pseudomonas aeruginosa, Proteus spp ga qarshi faol emas.' (indol-musbat shtammlar), Mycobacterium tuberculosis, anaerob mikroorganizmlarga nisbatan faol emas.

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi

Ogʻiz orqali qabul qilingandan keyin sefaleksin oshqozon-ichak traktidan soʻriladi. Preparatni 500 mg dozada qabul qilgandan soʻng qon zardobidagi C max ga 1 soatdan keyin erishiladi va u taxminan 18 mg/ml ni tashkil qiladi. Buyrak funksiyasi normal boʻlgan bemorlarda preparatning qondagi terapevtik kontsentratsiyasi 6 soatdan koʻp boʻlmagan vaqt davomida kuzatiladi.

Tarqalishi

Sefaleksin toʻqimalarda bir tekis taqsimlanadi. Barcha organlarda (ayniqsa, jigar va buyraklarda) yuqori konsentratsiyalar kuzatiladi; terapevtik kontsentratsiyalar — safroda, oʻt pufagida, suyaklar va boʻgʻimlarda, nafas olish yoʻllarida, yiringda, ona sutida va amniotik suyuqlikda aniqlanadi.

Chiqarib yuborilishi

Sefaleksin siydik bilan, asosan, kptokcha filtratsiya orqali tezlikda oʻzgarmagan holda chiqarib yuboriladi. Ogʻiz orqali qabul qilingan dozaning 80-100% qismi birinchi 6 soat ichida (toʻliq 8 soatdan keyin) siydik bilan chiqariladi.

Qoʻllashga koʻrsatmalar

Yuqori va pastki nafas yoʻllarining infeksiyalari (faringit, oʻrta otit, sinusit, tonzillit, bronxit, surunkali pnevmoniyaning oʻtkir davri va kuchayish bosqichi, bronxopnevmoniya, empiyema va oʻpka absessi); siydik-tanosil tizimi (piyelonefrit, sistit, uretrit, prostatit, epididimit, endometrit, gonoreya, vulvovaginit); teri va yumshoq toʻqimalar (furunkulyoz, absess, flegmona, piodermiya, limfadenit, limfangit); suyaklar va boʻgʻimlar (shu jumladan osteomielit) sefaleksinni qoʻllash uchun koʻrsatma hisoblanadi.

Nojoʻya taʼsirlari

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa beta-laktal antibiotiklarga), 3 yoshgacha boʻlgan bolalar (dorining kapsula shakli uchun).

Homiladorlik va laktatsiya

Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qoʻllash ona uchun moʻljallangan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori boʻlgan taqdirdagina mumkin boʻladi. Agar zarur boʻlsa, laktatsiya davrida preparatni buyurilganda emizishni toʻxtatish kerak.

Dozani oshirib yuborish

Qusish, koʻngil aynishi, epigastral ogʻriq, diareya, gematuriya. Davolash: faollashtirilgan koʻmir (yuvishdan koʻra samaraliroq), nafas yoʻllari oʻtkazuvvchanligini nazorat qilish, hayotiy muhim funksiyalarni kuzatib borish, qon gazlari, elektrolitlar muvozanatini kuzatish.

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri

Furosemid, etakrin kislotasi, nefrotoksik antibiotiklar (masalan, aminoglikozidlar) bilan bir vaqtda qoʻllanganda buyrakning shikastlanish havfi ortadi. Salitsilatlar va indometatsin sefaleksinning organizmdan chiqarib yuborilishini sekinlashtiradi. Protrombin indeksini pasaytiradi, bilvosita antikoagulyantlarning taʼsirini kuchaytiradi. Bularning barchasi odamlarga tegishli. Uy hayvonlari uchun bu biroz notoʻgʻridir.

Maxsus koʻrsatmalar

Penitsillinlar va karbapenemlarga allergik reaksiyalar anamnezda boʻlgan bemorlarda sefalosporin antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik boʻlishi mumkin. Sefaleksin bilan davolash paytida toʻgʻridan-toʻgʻri Kumbs testi musbat, glyukoza uchun siydik testi xato ravishda musbat chiqib qolishi mumkin. Davolash paytida etanoldan foydalanish tavsiya etilmaydi. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda preparat toʻplanishi mumkin (dozalash rejimini korreksiyalash talab qilinadi). Stafilokokk infeksiyalarida sefalosporit va izoksazolilpenitsillinlar oʻrtasida oʻzaro kesishuvchi rezistentlik yuzaga kelishi mumkin.