Shom masjidi | |
---|---|
Shom jomeʼ masjidi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Diniy tashkilot |
Turi | Masjid |
Joylashuvi | Buxoro viloyati |
Manzili | Nabiyev koʻchasi, 7-uy[1] |
Shahar | Kogon |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi tugagan | 1995-yil |
Shom jomeʼ masjidi — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Kogon shahrida joylashgan jomeʼ masjid[1][2]. Shaharning sharqiy qismida bunyod etilgan yagona sunniylar masjidi.
Masjid oʻz davrida Kogon shahar Lokomotiv deposining rahbari boʻlgan Toshiyev Shomurod homiyligida qurilgan va oʻz faoliyatini 1995-yili Ramazon oyidan boshlagan. Masjid nomi uning homiysi ismiga atab „Shom“ deb nomlangan[3].
Masjid binosi pishiq gʻishtdan qurilgan. Uning kiraverishiga ayvon tiklangan. Masjid binosi ikki xonadan iborat[3].