Tarvuz ( Citrullus lanatus ) - Qovoqdoshlar oilasiga mansub gulli o'simlik turi. Tok(uzum) o'simligiga o'xshash poyasi mavjud. Bu butun dunyo bo'ylab 1000 dan ortiq navlarga ega bo'lgan hammabop poliz mahsuloti.
Tarvuz butun dunyo bo'ylab - tropikdan mo'tadil mintaqalargacha bo'lgan qulay iqlim sharoitida o'zining katta yeyiladigan mevasi uchun o'stiriladi: bu qattiq qobig'i va ichki bo'linmalari bo'lmagan rezavor meva. Shirin, suvli, eti odatda to'q qizildan pushti ranggacha, ko'plab qora urug'lar bilan, ba'zida urug'siz navlari ham mavjud. Mevani xom yoki tuzlangan holda iste'mol qilish mumkin. Shuningdek, u sharbat yoki ichimliklar tarkibiga aralashtirib ham iste'mol qilinishi mumkin.
Sudandagi Kordofan qovunlari bilan bir turga mansub, bugungi kunda yetishtirilgan tarvuzlarning avlodlari bo'lishi mumkin[1]. Yovvoyi tarvuz urug'lari Liviyadagi Uan Muxuggiagda topilgan bo'lib, u taxminan miloddan avvalgi 3500 yilga to'g'ri keladi[2]. Tarvuzlar Shimoliy-Sharqiy Afrikada madaniylashtirildi va miloddan avvalgi 2000-yilga kelib Misrda yetishtirildi. Ular hozirgi shirin tarvuzlardan farq qilgan. Biz bugungi kunda iste'mol qiladigan tarvuzlar Rim davrida O'rta yer dengizi dunyosida tarqalgan[3].
Katta hosil olish doirasidagi ishlar turli kasallikka chidamli navlarni yaratdi. Polizchilik hohasida ekilganidan keyin 100 kun ichida yetilgan meva beradigan ko'plab navlar mavjud. 2017-yilda Xitoy dunyodagi jami tarvuzning uchdan ikki qismini yetishtirgan.
Tarvuzlar dastlab suv miqdori yuqori bo'lganligi uchun yetishtirilgan va quruq mavsumlarda nafaqat oziq-ovqat manbai, balki suv zaxirasi sifatida ham iste'mol qilinga. Tarvuz urug'lari O'lik dengiz hududida, qadimgi Bab-edh-Dhra va Tel Aradning aholi istiqomad qiladigan hududlarida topilgan[4].
5000 yillik yovvoyi tarvuz urug'lari ( C.lanatus ) Liviyaning janubi-g'arbiy qismida joylashgan tarixiy arxeologik joy Uan Muhuggiagda topilgan. Ushbu arxeobotanik kashfiyot o'simlikning o'tmishda keng tarqalganligi tasdiqlashi mumkin[5].
Bir qator nav guruhlari aniqlangan: [6]
Tarvuz yozda tez-tez iste'mol qilinadigan meva bo'lib, odatda bo'laklar shaklida, aralash mevali salatlarda yoki sharbat ko'rinishida iste'mol qilinadi[7][8]. Tarvuz sharbatini boshqa meva sharbatlari bilan aralashtirish yoki sharob tayyorlash mumkin[9].
Urug'lari yong'oq ta'miga ega. Quritilishi va qovurilishi yoki maydalanishi mumkin[10]. Tarvuz p'stlog'ini iste'mol qilish mumkin, ammo ularning yoqimsiz ta'mini tuzlash orqali bartaraf etish mumkin[11]. Ba'zi hududlarda sabzavot sifatida qovurib iste'mol qilinadi[12].
2020 yilda global tarvuz ishlab chiqarish 101,6 million tonnani tashkil etdi. Xitoy (materik) tarvuzlari umumiy hosilning 60 foizini (60,1 million tonna) tashkil etdi. Ikkilamchi hosildorlar qatoriga Turkiya, Hindiston, Eron, Jazoir va Braziliya kirdi – ularning barchasi 2020-yilda yillik hosilning 2-3 million tonnasini yetishtirdi.
Tarvuz ishlab chiqarish, 2020-yil (millions of tonnes)
| |
---|---|
60.1
| |
3.49
| |
2.79
| |
2.74
| |
2.29
| |
2.18
| |
Jami (butub dunyo) | 101.6
|
Manba: Birlashgan Millatlar Tashkilotining FAOSTAT [13] |