„AQSh maxsus topshiriqlarni hamkorlikda bajarish guruhi“
Yoʻqotishlar
Afgʻonistonning 08.08.2021 kungi maʼlumotlariga koʻra: 8668 kishi halok boʻlgan[4]
Afgʻonistonning 08.08.2021 kungi maʼlumotlariga koʻra: 1537 kishi halok boʻlgan[5][6][7][8]
Umumiy yoʻqotishlar
1031 nafar tinch aholi vakili halok boʻlgan 1609 nafar tinch aholi vakili jarohatlangan[9]
2021-yilgi Tolibon hujumi — AQSh harbiylarining Afgʻonistondan toʻliq olib ketilishi aniq boʻlgach[10][11], 2021-yilning1-may kunidan Tolibon harakati tomonidan Afgʻoniston Qurolli kuchlariga qarshi boshlangan faol hujum harakatidir[12]. Hujumlar oqibatida 14-avgust kuni toliblar Afgʻonistonning 90 % hududini oʻzlariga boʻysundira oldilar. 15-avgustda poytaxt Kobulni bosib oldilar va mamlakat boshqaruvini qoʻlga kiritdilar. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani mamlakatdan qochishga majbur boʻldi[13][14].
Afgʻonistondagi fuqarolar urushi davrida Tolibonga asosiy qarshilik mamlakat shimolidan (Shimoliy ittifoq) koʻrsatilgani uchun 2021-yil toliblar yangi hujumlarni boshlashda asosan shimolga eʼtibor qaratdilar[15]. 1990-yillarda Tolibon hukmronligi vaqtida Afgʻonistonda ayollarning huquqlari doimiy buzilib kelgan: ular hamma joyda burqa kiyib yurishga majbur boʻlganlar, 10 yoshdan katta qizlarga maktabda oʻqish taqiqlangan. Bu qoidalarni buzgan ayollarni omma oldida jazolaganlar, baʼzida qatl ham qilganlar[16].
May oyi boshlarida Tolibon Vardak viloyatining 15 ta tumanini qoʻlga oldi[17][18][19][20]. Hujumlar oqibarida 405 nafar Afgʻoniston harbiylari va 260 nafat tinch aholi vakillari vafot etgan[21][22].
Iyun oʻrtalariga kelib toliblar Bagʻlon va Qunduz viloyatlarining 69 ta tumanini nazoratlari ostiga olgan edilar[17][23][24][25]. Mozori-Sharif shahri oʻrab olingandi[26]. Toliblar Tojikiston bilan chegaradosh boʻlgan hududlarda oʻz bayroqlarini tikladilar[27][28]. 1,5 mingdan ortiq afgʻon harbiylari Tojikistonga qochib jon saqlashga majbur boʻldilar[29]. Iyun oxirlarida toliblar Kobulga chegaradosh boʻlgan Parvon viloyatida jang olib bordilar[30][31].
2-iyul kuni NATO qoʻshinlarining soʻnggi harbiylari Bagram aviabazasini tark etdilar[32][33].
4-iyul kuni toliblar Pokiston bilan chegara punktlarida oʻz bayroqlarini koʻtardilar[34]. 12-iyul kuni toliblar yana 55 ta tumanni qoʻlga kiritdilar[35]. Mamlakat rasmiylari esa avval „Tolibon“ tomonidan egallangan barcha hududlarni qaytarib olganliklarini aytishdi[36][37][38].
Avgust boshida Afgʻonistondagi 417 tuman markazidan 200 tasi „Tolibon“ qoʻlida ekani aytildi. shuningdek, boshqa tumanlarda ham doimiy toliblar borligi maʼlum qilindi[39].
6-avgust kuni „Tolibon“ Shibirgʻon[40] va Eron chegarasi yaqinidagi Zaranj shaharlarini egalladi[41][42]. Bir necha soatdan keyin Qunduz[43], Saripul va Talukan[44] ham toliblar qoʻliga oʻtdi[45][46].
7-avgustda Gʻarb davlatlari mamlakatda xavf darajasi yuqorilab ketgani sababli oʻz fuqarolarini Afgʻonistonni tark etishga chaqirdi[47][48][49]. Shu kuni Birlashgan millatlar tashkioti bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha vakili Debora Layons „Voqealarning bu terzda davom etishi mamlakatni halokatga olib keladi“, deb taʼkidladi[50].
8-avgust Joe Biden administratsiyasi koʻpdan beri davom etayotgan Afgʻoniston urushini tugatish niyatida ekanini aytdi[51][52].
15-avgust kuni toliblar Afgʻonistondagi barcha chegara oʻtish punktlarini nazorat qilayotganlari maʼlum boʻldi[59]. Shu kuni „Tolibon“ jangchilari Kobulga hujum boshladilar[60][61]. Shaharda oʻq ovozlari eshitilib turganiga qaramasdan Afgʻoniston prezidenti administratsiyasi vaziyat nazorat ostida ekanini eʼlon qildi[62][63]. „Tolibon“ yetakchilari oʻz jangchilariga urushni toʻxtatishni buyurishdi va Kobulni jangsiz qabul qilib olishga tayyorlanayotganlarini maʼlum qilishdi[63][64][65]. „Tolibon“ vakillari Prezident qarorgohiga kelib hokimiyatni tinch yoʻl bilan topshirish boʻyicha muzokaralar olib borishdi[66][67][68].
Afgʻoniston yetakchisi oʻrnini „Tolibon“ningQatardagi shtab-kvartirasi rahbari Abdul Gʻani Birodar egalladi. Sobiq Ichki ishlar vaziri Ali Ahmad Jaloliy esa Afgʻoniston muvaqqat hukumat rahbari lavozimini egalladi[69][70].