Tolish tili | |
---|---|
Milliy nomi | Tolışi, толыши, تؤلشی |
Mamlakatlar |
Ozarbayjon Eron |
Rasmiylik holati |
Ozarbayjon Eron |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 764 400[1] |
Til oilasi |
Hind-yevropa
|
Alifbosi | Lotin alifbosi, Arab tili yozuvi va Kirill alifbosi |
Til kodlari | |
ISO 639-3 | tly |
Tolish tili (tolishcha. Tolışə zıvon, Tолышә зывон) — eroniy tshoʻarning shim. gʻarbiy guruhiga mansub til. Ozarbayjon jan. va Eron shimolida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 200 ming kishiga yaqin (1979). Asosiy shevalari: lenkoran, astara, lerik, massali. Fonetikasida 7 unli fonema, til oʻrta va til orqa undoshlari oppozitsiyasi (k’k, g’ g) mavjud; morfologiyasida otlar 2 kelishik bilan oʻzgaradi, koʻpchilik feʼllarning qoz. va oʻtgan zamon shakllari bir xil, feʼllar 8 zamon, 4 mayl va 2 nisbat shakllariga ega. Sintaksisda aniklovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Leksikasida ozarbayjon tilidan oʻzlashgan soʻzlar anchagina. 20-asrning 30-y. larida Ozarbayjon tolishlari uchun yozuv yaratilgan boʻlsada, u ommalashmagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |