Transfermarkt | |
---|---|
Joriy holati | faol |
Sayt turi | futbol oʻyinchilari transfer narxlari futbol natijalari, statistika, transfer xabarlari kabi maʻlumotlarni o'z ichiga olgan veb-sayt. |
Muassisi | Matthias Seidel |
Ochilgan sanasi | 2000-yil May |
URL | transfermarkt.com |
Transfermarkt – Germaniyada joylashgan „Axel Springer“ga tegishli veb-sayt boʻlib, unda futbol hisoblar, natijalar, statistik maʼlumotlar, transfer yangiliklari va uchrashuvlar kabi futbol maʼlumotlari mavjud. IVW maʼlumotlariga koʻra, u eng koʻp tashrif buyurilgan nemis veb-saytlari 25 taligiga kiradi[1] va kicker.deʼdan keyin eng katta sport veb-saytlaridan biri.
Veb-saytda ballar, natijalar, transfer yangiliklari, oʻyinchilarning baholari mavjud. Iqtisodiy koʻrsatkichlar va boshqa baʼzi faktlar bilan bir qatorda, oʻyinchilarning transferlari haqidagi soʻngi yangiliklar yozib boriladi. Transfermarkt xuddi Vikipediya kabi ishlaydi. Shunday qilib, saytda har bir foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtishi va tahrirlashni boshlashi mumkin[2]. Transfermarkt sayti oʻyinchilar haqidagi maʼlumotlarni oʻz foydalanuvchilaridan oladi. Ular har bir oʻyinchining maydonda qancha daqiqa oʻtkazishi, kasallik tarixi, shartnoma muddati va boshqa koʻp narsalarni kuzatib boradi[3]. Foydalanuvchilar oʻyinchining transfer qiymatini muhokama qiladilar va u turli omillarga asoslanib, transfer narxini yuqoriga yoki pastga tushurishni taklif qiladilar. Shunday qilib, transfer narxi koʻp omillarni inobatga olgan holda oʻzgaradi.
Bosh ofisi Germaniyaning Gamburg shahrida joylashgan. Umumiy ishchilar soni 51200ta[4].
Maʼlumotlar bazasida 1,5 milliondan ortiq futbol oʻyinlari va 760000ta oʻyinchi profili mavjud. Butun dunyo boʻylab Transfermarkt maʼlumotlari Angliya Premer-ligasining yorqin yulduzlaridan Mozambikdagi ligasiga qadar davom etadi. Uning maʼlumotlari 100000dan ortiq menejerlar va murabbiylar, skautlar va agentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taklif qilish orqali oʻyinchilardan ham tashqarida. Transfermarkt baʼzi hollarda jamoa avtobusini kim boshqarishini aytib berishi mumkin[5].