Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Valeriy Vasilevich Vasilenko | ||
Tavallud sanasi | 30-iyun 1950-yil | ||
Tavallud joyi | Oʻz SSR, USSR | ||
Vafot sanasi |
18-yanvar 2008-yil (57 yoshda) | ||
Vafot joyi | O'zbekiston | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1967-1968 | Toshkentkabel Toshkent | ||
1969 | Metallurg | ||
1971-1972 | Paxtakor | 2 | |
1972-1975 | Yangiyer | 85 | (55) |
1975 | Perm Zvezda | 14 | (3) |
1976 | Yangiyer | (13) | |
Boshqargan klublari | |||
– | Traktor | ||
1987-1988 | Xonqa | ||
1989 | Kosonsoy | ||
1989 | Jayxun | ||
1990-1992 | Kimyogar | ||
1993 | Soʻgʻdiyona | ||
1997 | Atlaschi | ||
2002 | Soʻgʻdiyona | ||
2008 | Mashʼal | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Valeriy Vasilevich Vasilenko (1950-yil 30-iyun, Oʻzbekiston SSR, 2008-yil 18-yanvar, Oʻzbekiston) — asli rossiyalik oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyatini 1967-yilda Toshkentning „Toshkentkabel“ havaskorlar jamoasida boshlagan. 1969-yilda Olmaliqning „Metallurg“ klubi futbolchisi boʻldi. 1971-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga taklif qilindi. U bor yoʻgʻi 2 ta oʻyin oʻtkazdi, shu bois 1972-yilning yozida Yangiyer klubiga yoʻl oldi. 1975-yilda u Permning Zvezda klubda olti oy davomida toʻp surdi, soʻngra Yangiyerdan „Meliorator Yangiyer“ deb nomlangan klubga qaytdi. 1976-yilda futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Dastlab, „Traktor Toshkent“ klubiga yordamchi murabbiy safatida yordam berdi. 1987-2008-yillarda „Xonqa“, „Kosonsoy“, „Jayxun Urganch“, „Ximik/Kimyogar Olmaliq“, „Soʻgʻdiyona Jizzax“, „Atlaschi Margʻilon“ va „Mashʼal Muborak“ klublarini boshqargan.[1]