![]() | |
![]() | |
Ishlab chiqaruvchi | Apple Inc |
---|---|
Chiqarilgan sanasi | 5-iyun, 2017-yil |
Operatsion tizimi | audioOS |
Vebsayt | apple.com/homepod |
HomePod — bu Apple Inc tomonidan ishlab chiqarilgan aqlli karnay hisoblanadi. Asosan Apple Music obuna xizmati bilan ishlash uchun moʻljallangan aqlli qurilma. Apple Music obuna xizmati bilan ishlash uchun moʻljallangan HomePod oʻz ichiga beamforming va sakkiz karnayni oʻz ichiga oladi va ikkita ranglar asosida sotiladi: oq va kosmik kulrang ranglari eng ommabop[1][2].
Birinchi avlod HomePod 2017-yil 5-iyun kuni Apple Worldwide Developers konferensiyasida ommaga taqdim etilgan[3][4]. Biroq dekabr oyida buyurtma qabul qilish va sotuvga chiqarish ishlari biroz muddatga kechiktirildi[4][5]. Apple 2018-yil 26-yanvarda buyurtmalarni qabul qila boshladi va uni 2018-yil 9-fevralda sotuvga chiqarildi[6]. HomePod turli maqtovlarga ega boʻldi: u oʻzining dizayni va ovoz sifati uchun baxolangan narxi boʻyicha boshqa karnaylarga nisbatan maqtovga sazovor boʻldi. Ammo boshqa aqlli dinamiklarga nisbatan yuqori narx uchun tanqid qilindi. Birinchi avlod HomePod 2018-yil avgustigacha taxminan 1-3 million dona maxsulot sotilgan. Shu bilan birinchi avlod qurilmasi 2021-yil 12-mart sanasida sotuvdan olib tashlandi.
Ikkinchi avlod HomePod 2023-yil 18-yanvarda ommaga taqdim etildi va 3-fevralda sotuvga chiqarildi[7].
HomePod yumaloq, silindrsimon shaklga ega va uning tepasida kichik sensorli boshqaruv paneli mavjud edi. Qurilma oltita mikrofondan iborat. Qurilmani boshqarishda Apple Inc tomonidan ishlab chiqarilgan Apple A8 chipi orqali boshqariladi[8].
Apple Inc kompaniyasi tomonidan ishlangan Siri-da karnay va boshqa HomeKit qurilmalarini boshqarish va iPhone-dan matnli xabarlar va ovozli qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish uchun foydalanish mumkin. HomePod asosan Apple ning o‘z platformalari va texnologiyalarini, jumladan Apple Music, iTunes Store xaridlari va iTunes podkastlari, Beats 1 radiosi va AirPlay (iHeartRadio, Radio.com va TuneIn internet-radio) xizmatlari uchun qo‘llab-quvvatlaydi. 2019-yil kuzida dastlabki sozlash uchun esa iOS 11 qurilmasi talab qilindi. HomePod Apple TV orqali tanlansa, uydagi koʻngilochar tizimda ovoz paneli boʻlib xizmat qilishi mumkin.
2023-yil 18-yanvarda Apple Inc ikkinchi avlod HomePod-ni ommaga taqdim etdi. U Apple Watch Series 7 da qoʻllanilgan Apple S7 chipida ishlaydi va ultra keng polosali qoʻllab-quvvatlash uchun Apple U1 chipini oʻz ichiga oladi. Birinchi avlod modeli bilan taqqoslaganda, u ikkita kam tvit va mikrofonga ega va faqat Wi-Fi 4 (802.11n) ni qoʻllab-quvvatlaydi, asl nusxasi esa Wi-Fi 5 (802.11ac) ni qoʻllab-quvvatlar edi[9][10].Shuningdek qurilma, Thread tarmoq protokolini qoʻllab-quvvatlaydi[11]. Kelajakdagi dasturiy taʼminot yangilanishi tutun va uglerod oksidi signallari uchun ovozni aniqlash imkonini beradi[12]. Tashqi tomondan, ikkinchi avlod modeli birinchisiga oʻxshaydi, lekin 6,6 dyuymda (168) biroz qisqaroq, mm) va 5,16 da yengilroq funt (2,3kg) va qurilmaning yuqori qismida ovoz balandligini sozlash tugmalari doimiy ravishda ishlangan kattaroq chuqurlashtirilgan sensorli ekran paneli mavjud[13]. U faqat boshqa ikkinchi avlod modeli bilan stereo juftlik yaratishi mumkin va musiqa zavqidan baxramant boʻlish mumkin[14].
HomePod ommaviy ravishda HomePod Software deb nomlanuvchi tvOS sistemasi boʻlgan audioOS-da ishlab keladi[15].
Modellari | HomePod (1-avlod)[16] |
HomePod (2-avlod) |
HomePod Mini[17][18] |
---|---|---|---|
Chiqarilish sanasi | 2018-yil 9-fevral | 2023-yil 3-fevral | 2020-yil 1-noyabr |
Sotuvdan chiqarilib yuborilgan | 2021-yil 12-mart | - | |
Model raqami | AudioAccessory1,1 (A1639) | AudioAccessory6,1 (A2825) | AudioAccessory5,1 (A2374) |
Chip | Apple A8 | Apple S7 | Apple S5 |
Mikrofonlari | 6 mikrofon | 4 mikrofon | |
Ulanish | Wi-Fi 802.11ac with MIMO | Wi-Fi 802.11n with MIMO | |
Bluetooth 5 | |||
Oʻlchamlari | 6.8 in × 5.6 in
(170 mm × 140 mm) |
6.6 in × 5.6 in
(168 mm × 140 mm) |
3.3 in × 3.9 in
(84 mm × 99 mm) |
Ogʻirligi | 5.5 lb (2.5 kg) | 5.16 lb (2.3 kg) | 0.76 lb (0.34 kg) |
Ranglari | Kosmik kulrang Oq |
Yarim tun, Oq |
Kosmik kulrang, Koʻk, Oq, Sariq, |
Narxlari(USD) | $349 | $299 | $99 |
((cite magazine))
: Empty citation (yordam)
![]() |
Vikiomborda HomePod haqida turkum mavjud |