iPhone 15

iPhone — Apple Inc. firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan toʻrtdiapazonli GSM-telefon, oʻz ichiga quyidagi funksiyalarni mujassamlashtiradi: iPod, kamerafon va internet-planshet. Mac OS X operatsion sistemasi platformasida ishlaydi.

Birinchi avlodi

Birinchi taqdimot Macworld konferensiyasida 2007-yil 9-yanvarda boʻlib oʻtdi. Taqdimotni Steve Jobs olib bordi. iPhone sotuvlari AQSH bozorlarida 2007-yil 29-iyundan boshlandi. Sotuvlar Yevropa va Kanada bozorlarida 2007-yilning toʻrtinchi choragidan, Meksika, Avstraliya va Osiyo bozorlarida — 2008-yildan, Braziliya bozorlarida esa 2009-yildan sotila boshlanadi. Rossiya va MDHda ishlab chiqaruvchining marketing siyosati tufayli sotilmaydi. iPhonening narxi AQSHning AT&T bilan tuzgan ikki yillik shartnomasiga asosan quyidagicha(2007-yil maʼlumotlari boʻyicha):

„iPhone“ savdo belgisi Cisco Systems kompaniyasiga tegishli, ushbu kompaniya 2006-yilda shu nomli internet-telefoniyalar uchun apparat ishlab chiqardi. Uzoq vaqt sud jarayonlari va tortishuvlardan soʻng Apple va Cisco Systems „iPhone“ markasini butun dunyoda birga ishlatishga kelishuvga rozi boʻlishdi.

iPhone 3G

iPhone ni orqa tomondan koʻrinishi. Orqa tomoni metal va qora plastikdan tayyorlangan.

2008-yil 9-iyunida iPhonening 2-avlodi taqdim etildi. Ushbu telefonlar ilk iPhone avlodlaridan farqli jihati, 3G standartida ishlay olishidir.

Apple raisi va asoschisi Steve Jobs namoyish etgan taqdimotda aytilishicha, iPhone 3G telefonlari endilikda AQSh bozorlarida ancha arzon narxlarda sotila boshlaydi:

Lekin telefon AQShda faqat AT&T tarmogʻida ishlaydi va Janob Jobs aytgan bahoda olish uchun abonent 2 yillik shartnoma asosida qoʻshimcha $20 lik(oyiga) maʼlumotlar paketini sotib olishi kerak.[1] Shuningdek, AT&T kompaniyasi shartnomalarsiz ham quyidagi narxda sotib olish mumkin:

arksh

Kompyuterga sistemali talablar

Boshqaruv

Fayl:IPhoneSeattle.jpg
iPhone

Portlari

Yana qarang

Video

Manbalar

  1. Arstechnica:"AT&Tning iPhone 3G uchun rasmiy baholari"
  2. „AT&T-iPhone“. 2007-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 2-noyabr.

Havolalar