Favicon of Wikipedia Italyancha Vikipediya
Wikipedia in italiano
Web-manzil it.wikipedia.org
Interwiki it
Asosiy boʻlim jami 285 tilda
Asos solingan sana may, 2001
Maqolalar soni 1 873 623
Egasi Wikimedia
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Italyancha Vikipediya (italyancha: Wikipedia in italiano) - Vikipediyaning italyan tilidagi boʻlimi. 2001-yil 11-mayda tashkil etilgan.[1] Hozirda 1 873 623 dan ortiq maqolaga ega. Maqolalari soni boʻyicha 5-oʻrinda turadi (inglizcha, olmoncha, fransuzcha va niderlandcha Vikipediyalardan keyin).[2]

2011-yil 4—6-oktabr kunlari italyancha Vikipediya Italiya parlamenti koʻrib chiqayotgan senzura qonun loyihasiga eʼtiroz sifatida yopildi.

2011-yil 4—6-oktabr kunlari italyancha Vikipediya Italiya parlamenti koʻrib chiqayotgan senzura qonun loyihasiga eʼtiroz sifatida yopildi. Bu vaqt davomida maqolalar yashirilib, faqat italyancha Vikipediya foydalanuvchilari yozgan manifest koʻrsatildi.[3][4] Bunday eʼtiroz amallari keyinchalik inglizcha va ruscha Vikipediyalarda ham amalga oshirildi.

2013-yil 22-yanvarida italyancha Vikipediyada millioninchi maqola yozildi.[5]

Hozirgi holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 23-iyul boʻyicha italyancha Vikipediyada 1 873 623 maqola mavjud. 2 536 697 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 7 404 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 122 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 140 023 294. Teranligi (bugun): 189.

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. New language wikis, Wikipedia-l mailing list.
  2. List of Wikipedias
  3. „Wikimedia blog » Blog Archive » Regarding recent events on Italian Wikipedia“. Blog.wikimedia.org. Qaraldi: 2011-yil 5-oktyabr.
  4. „Intercettazioni, Wikipedia protesta – Homepage in bianco: "Inaccettabile ddl"“ (Italian). la Repubblica (4-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2011-yil. (arxiv, WebCite)
  5. Wikimedia News

Havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]