Web-manzil | simple.wikipedia.org |
---|---|
Interwiki | Bosh sahifa |
Asosiy boʻlim | jami 285 tilda |
Asos solingan sana | 2004-yil |
Maqolalar soni | 254 334 |
Egasi | Wikimedia |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
Soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediya (inglizcha: Simple English Wikipedia) — Inglizcha Vikipediyani tushunishi mushkul boʻlgan foydalanuvchilar uchun moʻljallangan Vikipediya boʻlimi. Bu til boʻlimi bilan ishlash uchun ingliz tilining asosiy qoidalarini bilsa shuning oʻzi kifoya.
Bu Vikipediya boʻlimi eng avval ingliz tilini yangidan oʻrganayapganlarga moʻljallangan boʻlib, dars yuzasidan foydalanishi mumkin. Shuningdek soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediya kichkina bolalarga uyga vazifasini bajarish uchun yoki qoʻshimcha maktabdaan tashqari oʻqishi uchun foydalidir[1]. Vikipediyaning bu boʻlimidagi maqolalar Inglizcha Vikipediyaning maqolalarining juda soddalashtirilgan va qisqartilgan naʼmunalari boʻlib hisoblanadi. Uning maqolalari Inglizcha Vikipediya bilan taqqoslaganda soʻzlarning kam miqdorini va soddalashtirilgan grammatikani foydalanadi. Shuningdek Vikipediyaning bu boʻlimi Inglizcha Vikipediyaga qaraganda boshqa maqsadlarni koʻzlaydi.
Vikipediyaning bu boʻlimining tashkil topishi qarshiliklarga duchor boʻldi — alohida „soddalashtirilgan ingliz tili“ yoʻq, biroq Vikipediya foydalanuvchilarining munozarasidan soʻng, bu boʻlimni yanada rivojlantirish uchun qaror qabul qilindi[2].
2024-yil 23-iyul boʻyicha Soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediyada 254 334 maqolalar mavjud. 1 479 139 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 1 334 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 17 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 9 637 427. Teranligi (bugun): 60
Maqolalar soni 50000 dan ziyod Vikipediya boʻlimlari | ||
---|---|---|
6 000 000+ | ||
1 000 000+ | ||
500 000+ | Portugalcha (pt) • Xitoycha (zh) | |
250 000+ | ||
100 000+ | Mojarcha (hu) • Koreyscha (ko) • Arabcha (ar) • Rumincha (ro) • Malaycha (ms) • Serbcha (sr) • Indonezcha (id)• Qozoqcha (kk) • Slovakcha (sk) • Esperanto (eo) • Datcha (da) • Litvacha (lt) • Baskcha (eu) • Bolgarcha (bg) • Ivritcha (he) • Xorvatcha (hr) • Slovencha (sl) • Volapukcha (vo) • Estoncha (et) • Hindcha (hi) • Norvegcha (nyunorsk) (nn) • Galisiyacha (gl) • Soddalashtirilgan inglizcha (simple) • Belaruscha (be) • Yunoncha (el) | |
50 000+ | Ozarbayjoncha (az) • Lotincha (la) • Taycha (th) • Serb-xorvatcha (sh) • Gruzincha (ka) • Makedoncha (mk) • Oksitancha (oc) • Nevarcha (new) • Pyemontcha (pms) • Tagalcha (tl) • Tamilcha (ta) • Telugucha (te) • Gaityan-kreolcha (ht) |