Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Abduqahhor Turgʻunovich Marifaliyev | ||
Tavallud sanasi | 1-may 1971-yil | ||
Boʻyi | 1.76 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi, Hujumchi | ||
Mukofotlari | Xirosima 1994 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1988—1990 | Sohibkor Haqqulobod | 68 | (7) |
1991—1995 | Paxtakor Toshkent | 124 | (15) |
1996—1997 | Navbahor Namangan | 24 | (5) |
1997—1998 | MHSK Toshkent | 26 | (6) |
1998 | PAOK | 1 | (0) |
1998—2001 | Doʻstlik | 90 | (32) |
2002—2003 | Esil Bogatyr | 40 | (7) |
2004—2005 | Lokomotiv Toshkent | 14 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
1992—2001 | Oʻzbekiston | 32 | (5) |
Boshqargan klublari | |||
2008 | Metallurg Bekobod (yordamchi) | ||
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Abduqahhor Turgʻunovich Marifaliyev (1971-yil 10-may) — oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.
Futbolchilik faoliyatini 1988-yilda „Sohibkor“ klubida boshlagan. 1991-1995-yillarda „Paxtakor“ safida oʻynagan. Turli yillarda „Navbahor“, MHSK, „Doʻstlik“ klublarida toʻp surgan[1]. 1998-1999-yillarda Gretsiyaning „PAOK“ jamoasida oʻynagan, ammo asosiy tarkibda oʻz oʻrnini topa olmagan[2].
2002—2003-yillarda Qozogʻistonning „Yesil-Bogatir“ jamoasida oʻynagan. Faoliyatini 2005-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida yakunlagan.
Marifaliyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 32 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan[3]. 1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan[4][5].
Murabbiylik faoliyatini 2008-yilda „Metallurg“ klubida yoshlar jamoasi murabbiyi lavozimida boshlagan[6][7].