1945-yilda „Bekobod“ nomi bilan tashkil etilgan. Sovet davrida u SSSR chempionatining Ikkinchi ligasi va Ikkinchi quyi ligasida qatnashgan, bir necha mavsum Oʻzbekiston SSR chempionatida oʻynagan. 1985 va 1990-yillarda Oʻzbekiston SSR kubogi sohibi boʻlgan. Bekobod shahrining „Metallurg“ jamoasi tarixi 1945-yilga borib taqaladi. Ikkinchi jahon urushi poyoniga yetgandan soʻng Oʻzbekistonning metallurglar shahrida millionlar oʻyinini rivojlantirishga eʼtibor qaratildi. Zero poytaxtdan 150 chaqirim uzoqlikda joylashgan industriya shahri aholisi uchun futbol jamoasi ishtirokidagi oʻyinlar eng yaxshi dam olish vosita sanalgandi. Dastlabki yillarda jamoa asosini N. F. Ruskiy, A.Kuchkin, V.Li, V.Pak singari fidoyi insonlar tashkil etgan. Jamoa turli musobaqalarda, jumladan, sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida, Toshkent viloyati birinchiligi va Kubogi, KFK respublika jamoalari Birinchiligi va Kubogida, kasaba uyushma qoʻmitalari jamoalari oʻrtasidagi Respublika birinchiligida, „Millionlar Kubogi“da va boshqa musobaqalarda qatnashgan. „Metallurg“ bekobodlik futbol ishqibozlarining mehrini qozonib kelgan. Jamoaning tashkil topishi, keyinchalik shakllanishi va musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishida A.Toshxoʻjayev, Sh. Yoʻldoshev va K.Moʻminov singari murabbiylarning hissasi katta boʻlgan. 1991-yildan eʼtiboran „Metallurg“ futbol jamoasi Oʻzbekiston birinchiligi va Kuboklarining har yilgi ishtirok etib kelayapti. Mamlakat birinchiligida qatnashgan yillarda jamoani quyidagi murabbiylar boshqarishgan: Karim Moʻminov (1991, 1993, 1994), Aleksandr Myagkov (1992), Ravil Bagautdinov (1995), Vladimir Yejurov (1996). „Metallurg“ 1997-yilda Oʻzbekiston birinchiligida Yakov Kaprov hamda Sergey Dotsenkolar rahbarligida ishtirok etdi va 2-oʻrinni egallab, keyingi mavsumdan eʼtiboran Oʻzbekiston chempionatida qatnashish huquqiga sazovor boʻldi. Kuchlilar safida bekobodliklar chiroyli oʻyinlari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda. Jamoa ayniqsa uy uchrashuvlarida qadrdon muxlislari qarshisida hujumkor oʻyin koʻrsatib, peshqadam klublarni ham bir necha marta dogʻda qoldirishga muvaffaq boʻlgan.
SSSR parchalanganidan soʻng, 1992-yildan Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida ishtirok eta boshladi. 1997-yilgi mavsumda u 2-oʻrinni egalladi va Oliy ligaga yoʻllanma oldi.
Oʻshandan beri u mamlakat elita boʻlinmasining doimiy aʼzosi. 2002 va 2018-yillarda 5-oʻrinni egallagan va bu Bekobodning „Metallurg“ jamoasining chempionatlardagi eng yuqori yutugʻi edi.
Toshkent viloyatining industriya shaharlaridan biri — Bekobodda ayollar futboliga asos solinganiga unchalik koʻp boʻlmadi. Ammo qisqa fursat ichida „Metallurg-Women“ mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biriga aylanib ulgurdi. 2012-yil „Metallurg“ futbol klubi rahbariyati mavsum soʻngida ayollar jamoasini tashkil etish hamda Oʻzbekiston chempionatlarida qatnashish taklifini oldinga tashladi va bu Oʻzbekiston metallurgiya kombinati hissadorlik jamiyati tomonidan qoʻllab quvvatlandi. Natijada 2013-yilgi mavsumdan eʼtiboran „Metallurg-Women“ nomi ostida bekobodlik qizlar mamlakat chempionati hamda Oʻzbekiston kubogi bahslaridagi ishtirokini boshlashdi. Tashkil etilgan yiliyoq „Metallurg-Women“ning sovrindorlar safiga kirishi futbol jamoatchiligi tomonidan „syurpriz“ — kutilmagan hol deb qabul qilingan boʻlsa, besh yil davomida „Metallurg-Woman“ aslida katta maqsadlar sari dadil qadam tashlayotganligini isbotladi. Keyingi mavsumdayoq ayollar futbolimizdagi ikkinchi musobaqa — Oʻzbekiston kubogidagi yorqin gʻalaba buning isboti boʻldi. Poytaxt viloyati vakillari maqsadlariga bosqichma bosqich, sabr-matonat bilan erishib bordilar. Avvaliga bronza medaliga sazovor boʻlgan „Metallurg-Woman“ keyinchalik Oʻzbekiston kubogini, undan soʻng Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi. Uchinchi oʻrin ikkinchi oʻringa almashdi. Bronza medali sifati kumush medal sifatiga oʻzgardi. Tashkil etilganining beshinchi mavsumini esa bekobodliklar beshga topshirishdi! Oʻzbekiston chempionatlari tarixida misli koʻrilmagan natija qayd etildi. „Metallurg-Woman“ chempionatning barcha — 20 ta uchrashuvida gʻalaba qozonib, bironta ham ochko yoʻqotmadi!!! „Metallurg-Women“ning milliy chempionatlarimizdagi natijalari borasida quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. „Metallurg-Women“ milliy chempionatimizdan tashqari Oʻzbekiston kubogi hamda Superkubogi bahslarida ham zafar quchishgan. Bekobodliklar ikki karra Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlishgan. 2015-yilgi mavsum finalida „Metallurg-Women“ Qarshining „Sevinch“ jamoasini qoʻshimcha vaqtda 4:2 hisobida magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, 2017-yilgi mamlakat Kubogi finalida Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi dogʻda qoldirildi — 3:1. 2016-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi sohibi sifatida Superkubok musobaqasida Oʻzbekiston chempioni — „Sevinch“ jamoasi magʻlubiyatga uchratildi. Bu muvaffaqiyatni jamoa 2018-yilda ham takrorladi. Bu safar yangi murabbiylar shtabi boshchiligida bekobodlik qizlar finalda „Bunyodkor-vumen“ni dogʻda qoldirishdi — 2:1. Turli yillarda „Metallurg-Women“ oʻyinchilari mavsum toʻpularlari roʻyxatidan joy egallab kelishmoqda. Jumladan, 2014-yilda Nargiza Abdurasulova (19) ikkinchi natijani koʻrsatdi. 2015-yildan eʼtiboran esa sahnaga „Metallurg-Women“ hujumchisi Lyudmila Karachik koʻtarildi. U 2015-yilda — 66 ta gol bilan chempionatlar rekordi oʻrnatgan boʻlsa, 2016-yilda — 27, 2017-yilda — 42 ta goli bilan karvonboshilikni qoʻldan boy bermadi.
Bekobod shahriga katta futbol ikkinchi jahon urushidan keyin, 1945-yilda kirib kelgan. Metallurglar shahrida shu nom bilan ataluvchi jamoa tuzildi va u poytaxtdan 150 km uzoqlikda joylashgan kichik shaharcha aholisi uchun asosiy dam olish vositasiga aylandi. Jamoa turli yillarda sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida, Toshkent viloyati birinchiligi va Kubogi, KFK respublika jamoalari Birinchiligi va Kubogida, kasaba uyushma qoʻmitalari jamoalari oʻrtasidagi Respublika birinchiligida, „Millionlar Kubogi“da va boshqa musobaqalarda qatnashgan. Jamoaning tashkil topishi, keyinchalik shakllanishi va musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishida A.Toshxoʻjayev, SH.Yoʻldoshev va K.Moʻminov singari murabbiylarning hissasi katta boʻlgan. 1991-yildan eʼtiboran „Metallurg“ futbol jamoasi Oʻzbekiston birinchiligi va Kuboklarining har yilgi ishtirok etib kelayapti. Mamlakat birinchiligida qatnashgan yillarda jamoani quyidagi murabbiylar boshqarishgan: Karim Moʻminov (1991, 1993, 1994), Aleksandr Myagkov (1992), Ravil Bagautdinov (1995), Vladimir Yejurov (1996). „Metallurg“ 1997-yilda Oʻzbekiston birinchiligida Yakov Kaprov hamda Sergey Dotsenkolar rahbarligida ishtirok etdi va 2-oʻrinni egallab, keyingi mavsumdan eʼtiboran Oʻzbekiston chempionatida qatnashish huquqiga sazovor boʻldi. Kuchlilar safida bekobodliklar chiroyli oʻyinlari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda. Jamoani eng koʻp va samarali boshqargan murabbiylardan biri Rustam Mirsodiqov hisoblanadi. Uning rahbarligida jamoa oʻnta mavsum kuchlilar safidagi mavqeyini saqlab keldi va oliy liga bahslarida ikki marta 5-oʻrinni egallab, eng yaxshi natijani qayd etdi. Aynan ushbu mutaxassis klubga rahbarlik qilib kelgan yillarda Bekobodda futbolning ajralmas qismi — futzalga ham asos solindi. 2016-yili „Metallurg“ PFK qoshida futzal jamoasi ham tuzildi va u mamlakat milliy chempionati hamda Oʻzbekiston kubogi bahslarida ishtirokini boshladi. Dastlabki mavsumda kuchlilar safida ishtirok etish bekobodliklar uchun oson kechmadi. Biroq gʻayratli, shijotli yoshlarni jamlagan murabbiylar shtabi metallurglar shahrida futbolning bu qiziqarli yoʻnalishining ham shakllanishiga erishdilar.
Klub oʻz oʻyinlarini 1960-yildan buyon A.Anoxin nomidagi stadionda oʻtkazib keladi. Dastlab stadion 5000 tomoshabinga moʻljallangan edi. 2009-yilda stadionni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. 2012-yilning yozida yangi stadion qurilish ishlari yakunlandi va stadion sigʻimi 15 000 tagacha kengaytirildi va stadion nomi „Metallurg“ stadioni nomini oldi. Stadionning tantanali ochilish marosimi 2012-yilning 4-avgust kuni Oʻzbekiston ligasi doirasidagi „Metallurg“ — „Paxtakor“ uchrashuvida 1:2 hisobida yakunlangan edi.[1][2][3]
Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.