Turon futbol klubi 2017-yil Yaypan shahrida tashkil etilgan[2]. Professional ligalardagi debyutini[3] 2019-yil Oʻzbekiston Pro ligasining B ligasida amalga oshirdi[4]. Ilk mavsumidayoq Pro liga (B liga) da Kuchli oʻyin namoyish etib Pro liganing A ligasiga yoʻllanma oldi. 2020-yilgi mavsumda jamoa tarkibi bir qator kuchli futbolchilar kuchaytirdi[5] va Pro ligada katta intriga xosil qildi. Mavsum yakunida Fargʻonada Neftchi jamoasiga qarshi Istiqlol stadionida, Fargʻona derbisida gʻalaba qozonib Oʻzbekiston Pro ligasi chempioniga aylandi va Superligaga yoʻllanma oldi[6]. Mavsum yakunida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasinin eng yaxshilarni taqdirlash marosimida Maxsus sovrin bilan taqdirlandi[7]. 2021-yilgi mavsum oldidan Klub rahbariyati jamoada bir qator oʻzgarishlarni amalga oshirdi va jamoaning yangi logotip namoyish etildi[8]. 2021-yilgi mavsum oldidan jamoa tarkibini bir qator tajribali[9][10] legionerlar[11][12][13] va Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq futbolchilari bilan kuchaytirib oldi[14]. 2021-yil Superligadagi ilk mavsumida klubga biroz tajriba yetishmaganligi sabab yana Pro ligaga ravona boʻldi.
2024-yil mavsum boshida klubdagi moliyaviy qiyinchilik sababli jamoa O'zbekiston Pro ligasida ishtirok eta olmasligini va 2024-yilni O'zbekiston Birinchi ligasida davom ettirishi ma'lum qilingan[15][16].