Chust-Paxtakor | |||
Toʻliq nomi | “Chust-Paxtakor” futbol klubi (Chust) | ||
Asos solingan | 1968 | ||
Stadion | Paxtakor stadioni | ||
Stadion hajmi | 5000 | ||
Murabbiyi | Zohid Nurmatov | ||
Musobaqasi | |||
2015 | |||
|
Chust-Paxtakor Futbol Klubi Namangan viloyati Chust tumanida ixtisoslashgan futbol jamoasidir. Klub 1992-2009 yilgi Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Chempionatida 2-Ligasida faoliyat olib borgan. 2010-yildan boshlab Chust-Paxtakor Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasining 1-Liga Sharq Mintaqasida kurash olib bormoqda. Chust-Paxtakor oʻz uy uchrashuvlarini Chust shahridagi 5000 muhlisga moʻljallangan Paxtakor stadionida oʻtkazadi.
Chust Paxtakor 1968-yillarda tashkil etilgan. Jamoa musobaqalarda „1-May“ kolxozi nomidan ishtirok etib, bosma nashrlarda Chust (Namangan viloyati) nomi bilan yuritilgan[1]. Turli yillarda turli nomlar bilan atalgan klub 1968-yili Oʻzbek SSR Futbol Ligasida chempion boʻlgan. Oʻsha yillari klub Oʻzbekiston nomi ostida ishtirok etardi va asosiy homiysi Barion Korxonasi edi.
Oʻzbekiston mustaqilligi davrida klub 3 marta (1995, 2002 va 2004) Ikkinchi liganing final bosqichida oʻynagan va ketma-ket 6 ta mavsumni Birinchi ligada (2010—2015) oʻtkazgan. 2016-yilgi mavsum Professional klub sifatida professional va yarim professional musoboqalarda ishtirok etmagan.
2013-Oʻzbekiston Birinchi ligasi (9-oʻrin). 1969-SSSR Ikkinchi ligasi – „Oʻrta Osiy“ zonasi „B“ toifa „Sharq“ guruhi (10-oʻrin).
Mavsum | Turnir | Oʻrin |
---|---|---|
1968 | Oʻzbekiston SSR chempionati, 1-guruh | 1 |
1969 | SSSR chempionati „B“ toifa „Markaziy Osiyo“ zonasi | 10 |
1970 | SSSR chempionati „B“ toifa „Markaziy Osiyo“ zonasi | 15 |