Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jasur Birodarovich Abduraimov | ||
Tavallud sanasi | 1-may 1972-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 198 cm (6 ft 6 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Vazni | 85 kg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1990 | Shaxtyor | 11 | (0) |
1991 | Paxtakor | ||
1991 | Umid Toshkent | 48 | (7) |
1992 | Navbahor | 23 | (0) |
1993 | Melaka TMFK | ||
1993 | MHSK | 27 | (2) |
1994 | Soʻgʻdiyona | 12 | (0) |
1994 | MHSK | 2 | (0) |
1996 | Paxtakor | 15 | (1) |
1997 | Zarafshon | 14 | (0) |
1997 | Paxtakor | 2 | (0) |
1999 | Buxoro | 4 | (0) |
2000—2001 | Surxon | 36 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2015—2016 | Oʻzbekiston U20 | ||
2016—2017 | Oʻzbekiston U23 | ||
2016—2017 | Paxtakor-2 | ||
2017 | Paxtakor | ||
2017—2021 | Paxtakor assistent | ||
2021 | Metallurg Bekobod | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jasur Birodarovich Abduraimov (ruscha: Абдураимов, Жасур Берадорович; 1972-yil 1-may) – Oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi va futbol murabbiyi. Faoliyati davomida Toshkentning „Paxtakor“ va Namanganning „Navbahor“ kabi taniqli jamoalarda oʻynagan.
Jasur faoliyatini dastlab Angrenning „Konchi“ jamoasida tarkibida boshlagan. Keyinchalik Toshkentning „Paxtakor“ va „Umid“, Namanganning „Navbahor“, 1993-yilda Malayziyaning „Melaka TMFK“, Toshkentning „MHSK“ Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“, Navoiyning „Zarafshon“, „Buxoro“ klublari tarkibida oʻynagan.
Faoilyatini 2001-yil mavsum yakunida Termizning „Surxon“ jamoasi tarkibida oʻynagan.
2015-2017-yillar oraligida Oʻzbekiston U20 va Oʻzbekiston U23 terma jamoasida faoliyat olib borgan[1][2][3][4][5]. 2017-yil 28-aprelda „Paxtakor“ jamoasida vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida tayinlangan[6]. 2017-yil 21-iyunda „Paxtakor“ jamoasiga Shota Arvaladze bosh murabbiy etib tayinlanganidan soʻng Jasur, Shota boshchiligidagi murabbiylar shatabida yordamchi murabbiy sifatida 2021-yilgacha faoliyat yuritgan[7][8][9].
2021-yil 16-martda Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va jamoaning bosh murabbiyi boʻlgan[10]. 2021-yil 15-oktyabrda Bekobod jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan[11][12].
Jasur sportchilar oilasida tugʻilgan. Otasini taniqli futbol mutahasisi va sobiq futbolchi Birodar Abduraimov. Jasurning akasi Azamat va ukasi Bahodir ham taniqli futbolchilar boʻlishgan. Uning Nigina Abduraimova tennis sporti bilan shugʻillanadi.