Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sardor Rafkatovich Qobuljonov | ||
Tavallud sanasi | 2-fevral 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 185 cm (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007 | Metallurg | 1 | (-) |
2007—2009 | Paxtakor | 2 | (0) |
2009—2011 | Oqtepa | 24 | (−14) |
2011—2014 | Buxoro | 44 | (-62) |
2014 | Neftchi | 5 | (0) |
2015 | Lokomotiv | 2 | (0) |
2015—2017 | Buxoro | 22 | (0) |
2017 | Sementchi | - | (0) |
2018 | Metallurg | - | (0) |
2019 | Surxon | 5 | (0) |
2020—2023 | Buxoro | 40 | (0) |
2024— | Vaxsh Bohtar | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2012—2013 | Oʻzbekiston | 0 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Sardor Rafkatovich Qobuljonov (ruscha: Кобулжанов, Сардор Рафкатович; 1987-yil 2-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek futbolchisi. „FC Hatlon“ klubi darvozaboni.
Sardor Qobuljonov Bekobodning „Metallurg“ klubi futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-yilda ushbu klubda professional faoliyatini boshlagan. 2009-2010-yillarda Toshkentning „Oqtepa“ jamoasida oʻynagan[1]. 2011-yilda Buxoroga koʻchib oʻtdi. Qobuljonov „Buxoro“ tarkibida 3 mavsum toʻp surgan va shu vaqt ichida 44 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2014-yil boshida Sardor Qobuljonov Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma tuzib, birinchi davrada bor-yoʻgʻi 1 ta oʻyinda maydonga tushdi va ikkinchi davrada „Neftchi“ning sobiq asosiy darvozaboni Hislat Chilmatov oʻrniga asosiy darvozabonga aylandi[2]. 2015-yilda Buxoroga qaytib keldi[3]. 2016-yilgi mavsumda ogʻir jaroxat oldi[4][5].
2019-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasi safiga oʻtdi[6][7]. 2020-yilgi mavsum Buxoro klubi bilan shartnoma imzolagan[8][9]. 2024-yilgi mavsum oldidan „Gʻijduvon“ klubida tarkibida boshlashga yaqin edi, ammo Gʻijduvon jamoasi moliyaviy muammolar sababli mavsumda birorta musoboqa ishtirok eta olmasligi maʼlum boʻldi. Sardor yangi mavsum oldidan Tojikiston Oliy ligasi jamoasi „Vaxsh Bohtar“ klubi bilan shartnoma imzolagan[10].
Qobuljonov 2012—2013 yillarda Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan, ammo maydonga tushmagan[11].