Bu eski munozaralarning arxividir. Bu sahifani tahrir qilmang. Yangi muhokama boshlash yoki eski mavzuni yana koʻtarish uchun hozirgi munozara sahifasini tahrir qiling.
Yaxshi. Uilyam Shekspir emas, William Shakespeare (talaffuzi: Uilyam Shekspir) deb yozing. Soʻngra Uilyam Shekspir degan sahifa yaratib, u yerda William Shakespearega yoʻnaltirish qoldiring: #YOʻNALTIRISH [[William Shakespeare]]. Shunda qidiruv oynasida Uiliyam Shekspir deb yozilsa, avtomatik tarzda William Shakespeare deb nomlangan maqola ochiladi. Nataevmunozara06:20, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Oʻ/Gʻ hamda tutuq belgisi
Salom! Oʻ, Gʻ harflarini hamda tutuq belgisini yozishda Vikipediyada qabul olingan belgilarni ishlating. Aks holda izlash, VP:konverter funksiyalari toʻliq ishlamaydi. Qolaversa, bizga bir xillik kerak. Mana bu terilmani komputeringizga oʻrnatishingiz mumkin. Klaviatura terilmasi juda qulay. Fayl ichidagi Word hujjatni koʻring. ʻ (belgi) hamda ʼ (belgi) maqolalari bilan tanishib chiqing. Qolaversa, VP:vikifikatordan foydalanishingiz mumkin. Nataevmunozara13:42, 15-Iyul 2018 (UTC)[javob berish]
Film nomi/mashina tarjimasi
Yana bir bor salom! Agar xorij tilidagi filming rasmiy oʻzbekcha tarjimasi boʻlmasa, ijod qilib yangi nom topmang. Aslidek yozing. Despicable Men filmining rasmiy oʻzbekcha tarjimasi bormi? Boʻlsa, bu nom koʻrsatilgan nufuzli manba keltiring. Rasmiy tarjima boʻlmasa, film nomini aslidek yozing. Yana bir narsa. Maqolalarni mashina yordamida tarjima qilmang. Axmoqona oʻgiradi Google Translate, Yandex va hokazolar. Nataevmunozara13:45, 15-Iyul 2018 (UTC)[javob berish]
Hurmatli Nataev "Yaxshi bo'lish osonmi" (Despicable Me) deb tarjima qilganimni sababi bu televediniye orqali shu nom bilan tarjima qilingan. Agan men Despicable Me deb sarlavhaga nom qo'ysam, vikipediya foydalanuvchilari qidiruvda nomini topa olmay qiynalishadi va shu sababli maqolani qayta tiklashingizni so'rayman. Malikxan (munozara) 05:53, 18-Iyul 2018 (UTC)[javob berish]
Salom! Iloji boʻsa, maqolada oʻzbekcha tarjimani tasdiqlovchi manba keltiring. Maqolani avtomatik tarjimon yordamida tarjima qildingizmi? Oʻzbekchasi tushunarsiz edi. Yangidan yaratishingiz mumkin. Ammo tushunarli oʻzbek tilida yozing. Yuqorida yozganimdek, filmning rasmiy oʻzbekcha tarjimasi boʻlsa, oʻzbekcha nomni ishlatavering. Ammo tarjimasi mavjud boʻlmasa, asl nomini yozing. Yana bir narsa. #YOʻNALTIRISH [[Moʻljal sahifa nomi]] andozasidan foydalanishni oʻrganing. Nataevmunozara07:35, 19-Iyul 2018 (UTC)[javob berish]
Yaxshi. Manba = source. Maqolada yozilgan gaplarni tasdiqlovchi isbot/dalil. External link = havola. Mavzu boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin boʻlgan Vikipediya tashqarisidagi resurslar. Nataevmunozara06:09, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Disambig
Kerakmi, yoʻqmi, maqola nomida disambig ishlatmang. Malasan, Aquaman (film) deb yozish uchun „Aquaman“ soʻzining boshqa maʼnosiga bagʻishlangan maqola boʻlishi kerak. Masalan, Navoiy soʻzining maʼnosi koʻp. Navoiy (shahar), Navoiy (viloyat) va hokazo. Ammo bizda Aquaman haqida boshqa maqola yoʻq. Shunday ekan, maqolani Aquaman deb nomlash kifoya. Nataevmunozara04:47, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Men Akvamen (film) deb yozganimni sababi, Aquaman ni o‘zi ko‘pincha komiksga taluqli bo‘ladi va keyinchalik shu sahifani o‘zini ham yaratmoqchiman degan nazarde edi.
Malikxan (munozara) 06:00, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Yuqorida yozganimdek, filmlarning rasmiy tarjimasi yoʻq boʻlsa, ijod qilmang. Ant-Man and The Wasp filmi nomini oʻzingiz avval Chumoli odam va Qovoqari deb tarjima qilibsiz, keyin Chumoli-odam va Ari deb oʻgiribsiz. Balki Chumoli odam hamda Ari boʻlar? Xullas, yangilik kiritmang. Rasmiy tarjimasi majvud boʻlmagan filmlarning inglizcha nomini ishlating. Qavs ichida erkin tajimangizni koʻrsatsangiz boʻadi. Masalan, „Aquaman (Akvament) — falonchi yaratgan film“ deb. Nataevmunozara04:56, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Men Chumoli-odam va Qovoqari (hozirgisi Chumoli-odam va Ari) deb yozganni sababi foydalanuvchilarga oson bo'lsin deb yozaman. Masalan, o'zbeklar qidiruv jarayonida inglizchasini yozmaydiku? Sababi shundadir.
Malikxan (munozara) 05:56, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Buning uchun yoʻnaltirish degan narsa bor. #YOʻNALTIRISH [[Moʻljal sahifa nomi]]. Endi sizning logikangiz boʻyicha, har bir oʻzbek oʻzicha mustaqil tarjima qiladi film nomini. Xoʻsh, qaysi variant toʻgʻri boʻladi? Bir necha oʻn varianti yozib koʻrib, keyin maqolani topadimi? Shuning uchunam originalini yozing. Soʻngra oʻzbekcha erkin tarjimalardan maqolaga redirect qoldiring. Nataevmunozara06:00, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Bloklandingiz
Munozara sahifangizda qayta-qayta yozishimga qaramay, qoidalarni buzishda davom etganingiz uchun bir kunga bloklandingiz. Mana bu tahrirni va umuman nisbiylik nazariyasi haqidagi maqoladagi tahrirlaringizni qanday izohlaysiz? Vikipediya qoidalariga amal qilish kerak. Munozara sahifangizda yozilgan har bir xabar bilan yaqindan tanishib chiqing. Nataevmunozara05:32, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Men maqola yaratishdan avval unga sahifa yaratishim kerak. Men shuning uchun Nisbiylik nazariyasi sahifasida misol uchun Aquaman deb yozib, keyin shu sahifani yaratardim. Bu ishim uchun kechirim so'ragan holda, aytsangiz, qanday qilib bo'sh sahifaga nom qo'yib, tahrir qilsam bo'ladi?
Qoyil, bu men eshitgan eng absurd gaplardan biri boʻldi. Uning oʻrniga hamma qatori qidiruv oynasida maqola nomini yozing. Oʻsha mavzuda maqola mavjud boʻlmasa, Ushbu vikida "X" sahifasini yarating! degan KATTA yozuv chiqadi. Nataevmunozara06:05, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Iltimos, blokdan ozod qiling... Yana, sizga savolim bor edi: Qanday qilib mahalliy vikipediyaga tasvir kiritsam bo‘ladi? Tasvirim erkin yoki noerkin fayl bo‘lsinmi? Iltimos, shu savolimga javob bersangiz? Malikxan (munozara) 05:52, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Munozara sahifalarida yangi sharhlarni eskilarining ostida yozing. Avval yozilgan sharhlar oʻrtasida yozmang. Vikipediyaga en:fair use prinsipi asosida erkin boʻlmagan surat yuklash mumkin. Ammo bizda hozircha faqat adminlarda noerkin surat yuklash huquqi bor. Buni oʻzgartirishga harakat qilyapmiz. Oʻzingiz yaratgan suratlarni, yaʼni erkin litsenziya ostida chop etishingiz mumkin boʻlgan fayllarni bemalol Vikiomborga yuklashingiz mumkin. Blokka kelsak, ertaga shu paytda avtomatik tarzda oʻzi bekor boʻladi. Ungacha mana bu qoidalar bilan tanishib chiqing. Nataevmunozara06:15, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Men masalan mahalliy vikipediyaga Aquaman sahifasiga taluqli bo‘lgan tasvir ya'ni afisha yuklamoqchiman. Buni qanday qilay? Shuni yozib tushuntirsangiz va amalda ham ko‘rsatsangiz, sizdan minnatdor bo‘lardim. Shu muammo meni anchadan beri qiynaydi. Oldindan, rahmat!
Malikxan (munozara) 06:22, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Filmi posterini yuklamoqchimisiz? Hozircha yuklay olmaysiz. Barcha foydalanuvchi yuklay oladigan qilib huquqlarni oʻzgartirishimiz kerak. Men oʻzim qanday qilib oʻzgartirishni bilmayapman. @Abdulla: aka biladi, ammo u kishi anchadan beri tahrir qilmaydi. Bu muammo yechilsa, sizga xabar beraman. Ungacha mavzuga taalluqli suratlar Vikiomborda boʻlsa, oʻshalardan foydalanishingiz mumkin. Masalan, mana bu suratdan foydalanishingiz mumkin. Nataevmunozara06:29, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Men yuklay olaman, ha. Ammo har bir film uchun poster yuklashda yordam bera olmayman. Buning oʻrniga tajribali foydalanuvchilar noerkin fayllarni qoidalarga amal qilgan holda yuklashiga imkon yaratishimiz kerak. Nataevmunozara10:15, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Hurmatli, Nataev! Menga shu qoidalarni tushuntiring. Shu yerga yozish orqali o'rgating. Qanday qilib yuklay? Noerkin fayl bo'lsa afishani yuklasa bo'ladimi va qanday qilib? Bu savollar men uchun juda qiziq. Agar men afisha yuklay olsam, qoidalarga muvofiq ko'p film sahifalari yaratib ularni rasmiy posterlari bilan boyitar edim. Iltimos, tushintiring. Malikxan (munozara) 11:47, 12-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Salom! Har safar „hurmatli“ deb murojaat qilishingiz shart emas. Imzoni yangi qatordan qoʻyisham shart emas. Noerkin surat yuklash aslida mushkul emas. Ammo hozir bizda faqatgina administratorlar noerkin surat yuklay oladi. Barcha foydalanuvchi yuklay oladigan boʻlganida, siz ham yuklasangiz boʻladi. Noerkin fayllarni yuklagandan keyin, muayyan maʼlumot kiritish kerak fayl haqida. Masalan, mana bunday. Nataevmunozara11:17, 13-Avgust 2018 (UTC)[javob berish]
Toshkentdamisiz? Keanu Reeves rol oʻynagan „Destination Wedding“ filmi posterini oʻzbekcha tarjimasini koʻrdim, ammo suratga olishga imkon boʻlmadi. Imkon boʻlganda, film tarjimasini yozib yuboring. „Boʻydoqni qanday uylantirish mumkin“ edi chamasi. Nataevmunozara 12:29, 18-Sentabr 2018 (UTC)
You are receiving this notification because you signed up as a translator to oʻzbekcha on MediaWiki.
The page Wikimedia Technology is available for translation. You can translate it here:
Tahrirlaringiz yaxshi, ammo ayrim narsalarni aytib oʻtishni lozim topdim. Toʻgʻri tushunasiz, deb umid qilaman. Chalasavod oʻzbekcha gaplar/jumlalar maqolalar sifatini yaxshilamaydi, aksincha, tushiradi. Masalan, mana bu tarjimangizni olaylik. Maʼno butunlay yoʻqolgan tarjimangizda. Ingliz tilini yaxshi bilmasangiz, ruschadan tarjima qiling. Ammo hech boʻlmasa oʻzbekcha gaplarni eplab yozish kerak. Maktabda oʻzbek tilida tahsil olganmisiz? Nega ahvol buncha chatoq? Adabiy kitob oʻqishni tavsiya qilgan boʻlardim. Ziyouz saytida minglab oʻzbekcha kitob bor. Balki oʻzbek tili kurslariga qatnash kerak. Shaxsan men maʼnosiz gaplardan iborat maqola yaratgandan koʻra umuman maqola yaratmagan maʼqul, deb hisoblayman. Har bir tahriringizni kelajakda kimdir tuzatishi kerak. Yaʼni, bir ish ikki boʻlyapti. Gap tuzish oʻta mushkul boʻlsa, PlanespotterA320 kabi turkumlar, suratlar bilan ishlash mumkin. Aytgancha, translatewikida ham notoʻgʻri tarjima qilib ishni koʻpaytirmang. Yordam kerak boʻlsa, soʻrang. Xato tarjima qilsangiz, uni yana oʻnglash kerak boʻladi. Shuning uchun avval tarjimangiz toʻgʻriligiga amin boʻling. Nataevmunozara 05:23, 7-Oktabr 2018 (UTC)
Oʻzbek tilini yaxshi bilaman. Bu til mening ona tilim. Katarakta sahifasidagi xato tarjima esa yuqorida aytganingizdek, Google Translate orqali tarjima qilingan edi. Yaxshi, bunday keyin maqolalarimni yaxshilashga harakat qilaman. Shuningdek, iltimos, har bir gapingizda Oʻzbek tilini bilasizmi? yoki adabiy kitoblar oʻqing degan soʻzlarni yozmasangiz. Bu men oʻzbek tilini bilmayman degani emas. – Malikxan (munozara) 09:57, 7-Oktabr 2018 (UTC)
Juda soz. Imkon boricha mashina tarjimasidan foydalanmang. Oʻzbek tiliga kelsak, uni hamma ham yaxshi bilavermaydi. Oʻzbek tilini bilmagan oʻzbeklarni taniyman. Shuning uchun soʻradim. Til bilmaslik ayb emas. Har bir gap, jumlani imkon boricha tushunarli, ravon qilishga harakat qiling. Shunda maqolalar sifati yaxshi boʻladi. Bizga nafaqat son, balki sifat ham kerak. Nataevmunozara 06:05, 8-Oktabr 2018 (UTC)
Translation notification: Extension:CheckUser
Hello Malikxan,
You are receiving this notification because you signed up as a translator to oʻzbekcha on MediaWiki.
The page Extension:CheckUser is available for translation. You can translate it here:
Hurmatli Malikxan! Oʻzbekcha Vikipediyaning rivojlanishiga qoʻshayotgan salmoqli hissangiz, ayniqsa filmlar va aktyorlar haqidagi maqolalaringiz uchun sizni ushbu orden bilan taqdirlayman. Umarxon III (munozara) 15:58, 20-Oktabr 2018 (UTC).
Meni bu ordenga loyiq deb oʻylaganingiz uchun katta rahmat! — Malikxan (munozara) 07:34, 21-Oktabr 2018 (UTC)
Watermarki bor, boshqa saytdan olingani shundoq ayon suratlarni yuklamang. Fair use rationalega umuman toʻgʻri kelmaydi. Keyingi safar ogohlantirishsiz bloklanasiz. Nataevmunozara11:00, 10-Noyabr 2018 (UTC)[javob berish]
You are receiving this notification because you signed up as a translator to oʻzbekcha on MediaWiki.
The page MediaWiki 1.32 is available for translation. You can translate it here:
Maqola nomlarini boʻlar-boʻlmasga disambig qilmang
Maqola nomlarini boʻlar-boʻlmasga disambig qilmang. Oʻzbekcha vikida Rampage degan boshqa birorta maqola yoʻqmi, demak maqola nomi Rampage (2018 film) emas, shunchaki Rampage boʻlishi kerak. Keyin, oʻzbek tilida sonlar sifat oʻrnida ishlatilmaydi. "It's a 2018 film" oʻzbekcha "2018 film", emas, "2018-yil ishlangan film" boʻladi. Google Translate bilan haliyam doʻstmisiz? Nataevmunozara03:50, 26-Dekabr 2018 (UTC)[javob berish]
O‘zbek tilida son qanday bo‘lishini bilaman. Men demak Rampage (2018-yil ishlangan film) qilishim kerak ekan. Yaxshi, juda soz! Shuningdek, Google Translatedan ayrim hollarda foydalanaman. Har doim ham emas. Yaʼni har bir so‘zni tarjima qilmayman. – Malikxan (munozara) 13:17, 26-Dekabr 2018 (UTC)[javob berish]
Rampage (2018-yil ishlangan film) deb qachon yozish kerak? Qachonki Rampage nomi bilan bir necha film ishlangan, ular haqida alohida-alohida maqola mavjud boʻlsa. Oʻzbek tilida sonlar qanday yozilishini bilsangiz, nega Rampage (2018 film) deb yozdingiz? Mana bu maqola bilan tanishib chiqing. Nataevmunozara06:12, 27-Dekabr 2018 (UTC)[javob berish]
Salom, Nataev! Misol uchun, biror-bir film haqida sahifa yaratsam, ayrim hollarda avtomatik tarzda yiliga qarab (Misol uchun, 2018 filmlar) turkum qo‘shiladi. Iltimos, shuni 2018 filmlar emas, balki 2018-yil filmlari qilishga yordam bersangiz. – Malikxan (munozara) 09:04, 27-Dekabr 2018 (UTC)[javob berish]
On those pages (such as Charlotte's Web (multfilm)), I used the category "Turkum:AQSH multfilmlari" because they are animated films, so it's more specific. I added Turkum:AQSh filmlari as a subcat to Turkum:AQSH multfilmlari. Also, I thought that those pages should have the "film-stub" template because they are stub-class articles. Although I'd love to see them more developed, but of course that takes a while, especially on so many pages. But thanks for the help. 99.56.73.24014:39, 30-Dekabr 2018 (UTC)[javob berish]
I noticed one other thing: the files Fayl:Foxhoundposter.jpg and Fayl:Qirol Sher.jpg don't have the same poster titles and poster images as in the English Wikipedia articles. The file for The Fox and the Hound is known in English as en:File:The Fox and the Hound.jpg while the file for The Lion King is known as en:File:The Lion King poster.jpg. Would it be possible to upload new versions of these files (based on English Wikipedia), along with their names changed to the names in English Wikipedia and the fair use rationales added? Either that, or should new files be uploaded instead? Also, I asked Nataev if he could restore Bambi, but one thing I'm not sure of is if it should be spelled with an a like in the original or with an e (as Bembi), like in Russian. I ask this because of the fact that the article that currently exists about Dumbo is titled Dambo like in Russian. 104.58.147.20804:40, 2-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
Nataev deleted the files of Qirol Sher and Foxhoundposter, therefore, new files need to be uploaded. The links to the English names of these files are in the articles. 104.58.147.20811:45, 2-Yanvar 2019 (UTC)[javob berish]
What should the translation for The Rescuers Down Under be? Also, does it matter if there are red links in articles? While some may have them, they aren't on The Rescuers and The Rescuers Down Under among other pages. I took them off after seeing an edit to Bambi that took them off. And it was one of your edits. If it is necessary, however, I will add back the links. However, some included disambigs, so that would have to be translated. 2602:306:83A9:3D00:566:1E5F:D19A:3F1204:33, 10-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]
Found two official sources: [1] and [2]. The name possibly applies to both movies, because on the second source I found, they have The Rescuers Down Under available to watch, and the name seems the same according to the title and voice over of the film. I am currently watching it (45 minutes of the way through). 2602:306:83A9:3D00:C5D3:A8A2:2D8D:D8F916:50, 11-Fevral 2019 (UTC)[javob berish]
Bu eski munozaralarning arxividir. Bu sahifani tahrir qilmang. Yangi muhokama boshlash yoki eski mavzuni yana koʻtarish uchun hozirgi munozara sahifasini tahrir qiling.