Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jamshid Mahmudovich Iskanderov | ||
Tavallud sanasi | 16-oktyabr 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Urganch Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1.68 m (5 ft 6 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2009—2012 | Paxtakor | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011 | Dinamo Samarqand | 2 | (0) |
2012—2018 | Paxtakor | 126 | (20) |
2019—2020 | Lokomotiv | 26 | (6) |
2020—2021 | Seongnam FC | 46 | (2) |
2022— | Navbahor | 61 | (12) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2010—2013 | Oʻzbekiston U-20 | 13 | (2) |
2013—2015 | Oʻzbekiston U-23 | 8 | (2) |
2014— | Oʻzbekiston | 35 | (4) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7-iyun 2024-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (7-iyun 2024-yil uchun) |
Jamshid Iskanderov yoki Jamshid Iskandarov 1993-yili 16-oktyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkentning „Navbahor“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida oʻynaydi, ampluasi yarim himoyachi. U FIFA U-20 Jahon chempionati 2013, AFC Osiyo kubogi 2015 saralash bosqichida hamda AFC Osiyo kubogi 2015 kabi yirik futbol musobaqalarida oʻynagan.[1][2]
Jamshid 2011-yilning 28-mayida Oʻzbekiston oliy ligasidagi ilk debyutini Samarqandning Dinamo futbol klubi tarkibida boshlagan, oʻshanda Samarqand Dinamo klubi Zarafshonning Qizilqum klubiga qarshi kechgan oʻyinida 57-daqiqada maydonga tushgan edi.[3] 2011-yildan boshlab u Paxtakor tarkibiga qoʻshildi. 2014-yilda u may va oktyabr oylarining eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.
Jamshid Iskanderov 2015-yilning 6-martida Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasining 2014-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.[4] Oʻsha yili u „Paxtakor“ni asosiy futbolchisiga aylandi va mavsumda yana bitta oʻyin oʻtkazdi. Keyingi mavsum Jamshid oʻsha yili deyarli maydonga tushmaganiga qaramay, unga birinchi Oʻzbekiston chempionatini olib keldi. 2013-yildan buyon „Paxtakor“ning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi. 2014 va 2015-yilgi Oliyligada „Paxtakor“ jamoasining chempionlikldagi bosh ijodkorlardan biri edi.[5]
2018-yilgi mavsum soʻnggida Paxtakor jamoasi bilan oʻzaro shartnomasi yakunlandi[6] va 2019-yil mavsum boshida Toshkentning boshqa bir gigat klublaridan biri „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan.[7] Bir mavsum davomida "Temiryoʻlchilar safida xarakat qilgan Iskandarov 2020-yilgi mavsum boshida legioner aylandi va Koreya oliy dvizioni vakili „Seongam FC“ klubiga oʻtdi.[8][9][10] Janubiy koreya chempionatida ikki mavsum davomida ancha muvaffaqiyatli harakat qildi. 2022-yilgi mavsum boshida sobiq ustozi Samvel Babayan taklifiga koʻra Namanganning „Navbahor“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va lochinlar safiga oʻtdi.[11] Dastlabki mavsumidayoq jamoasi bilan katta muvaffaqiyatlarga erishdi, jamoaning ikkinchi toʻpurari, Oʻzbekiston Kubogi finalchisi, Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin va Osiyo chempionlar ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi va 2022-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.[12]
U Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi ilk debyut uchrashuvini 2013-yili 6-sentyabrda 2014-yilgi jahon chempionati uchun kechgan saralash bosqichi doirasida Iordaniya termasiga qarshi oʻynagan. 2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Jamshid Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgunga qadar Oʻzbekiston yoshlar va yoshlar terma jamoasida ham toʻp surgan.[13]