Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Odiljon Sohibjon oʻgʻli Hamrobekov | ||
Tavallud sanasi | 13-fevral 1996-yil | ||
Tavallud joyi | Shorqorgon, Namangan, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1.78 cm (1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
Raqami | 9 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2018 | Nasaf | 70 | (2) |
2019—2021 | Paxtakor | 41 | (0) |
2021 | Shabab Al-Ahli | 8 | (0) |
2021—2023 | Paxtakor | 56 | (1) |
2024— | Navbahor | 9 | (1) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2013 | O‘zbekiston U-17 | 4 | (0) |
2014—2015 | O‘zbekiston U-20 | 7 | (0) |
2018—2019 | O‘zbekiston U-23 | 6 | (0) |
2017— | O‘zbekiston | 54 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7-iyun 2024-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (7-iyun 2024-yil uchun) |
Odiljon Hamrobekov yoki Xamrobekov (1996-yil 13-fevral[1]) – oʻzbek futboli yarim himoyachisi, Namanganning „Navbahor“ klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.
„Nasaf“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2019-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi Hamrobekovni „Nasaf“ jamoasidan ikki yarim milliard soʻmga harid qilgani OAVlarda maʼlum qilindi[2][3]. 2019-yil 14-mart kuni „Paxtakor“ jamoasida tanishtirildi[4].
2021-yil 5-martda BAAning „Shabab Al Ahli“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[5]. 2021-yil 23-iyul kuni Hamrobekov Toshkentning „Paxtakor“ klubiga qaytib, 2022-yil oxirigacha shartnoma imzoladi[6][7]. 2021-yilgi mavsum dekabr oyida Oʻzbekiston Superligasining Transfermarkt talqiniga koʻra eng qimmat ikki futbolchisidan biriga aylandi[8][9][10].
2024-yil 30-yanvarda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtgani eʼlon qilindi[11].
U 2013-yilda BAAda boʻlib oʻtgan yoshlar (17 yoshgacha) jahon chempionatida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida toʻp surgan, Oʻzbekiston yoshlari 1/8 finalgacha yetib borgan, shuningdek, yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ham ishtirok etgan. U Oʻzbekiston yoshlar (20 yoshgacha) terma jamoasi bilan birgalikda 2015-yilda Yangi Zelandiyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalga qadar yetib bordi. 2018-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston yoshlar (23 yoshgacha) terma jamoasi bilan birgalikda yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Osiyo chempioni boʻldi va musoboqada sherilariga eng koʻp pas bergan futbolchiga aylandi[12].
2015-yildan Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb etilgan[13]. U 2017-yilning noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[14]. Keyin Urugvay, Marokash, Senegal, Eron, Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibiga kiritildi.
Hamrobekov Oʻzbekiston terma jamoasi safidagi debyutini 2017-yilning 14-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi.
2024-yilning 3-fevral kuni Qatar terma jamoasiga qarshi oʻyinda gol urgan[15].
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Liga kubogi | Kontinental | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Boʻlim | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Paxtakor Toshkent | 2019 | Oʻzbekiston Superligasi | 20 | 0 | 4 | 0 | 1 | 1 | 7 | 0 | - | 32 | 0 | |
2020 | 21 | 0 | 4 | 0 | - | 8 | 0 | - | 33 | 0 | ||||
Jami | 41 | 0 | 8 | 0 | 1 | 1 | 15 | 0 | - | - | 65 | 1 | ||
Shabab Al Ahli | 2020-21 | BAA Pro ligasi | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 8 | 0 | ||
Karyera jami | 49 | 0 | 8 | 0 | 1 | 1 | 15 | 0 | - | - | 73 | 1 |
Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2017 | 1 | 0 |
2018 | 8 | 0 |
2019 | 8 | 0 |
2020 | 1 | 0 |
2021 | 5 | 0 |
2022 | 9 | |
2023 | 5 | |
Jami | 39 | 0 |
2023-yil 20-iyun kuni oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[16]