Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Oybek Ravshan oʻgʻli Rustamov | ||
Tavallud sanasi | 2-aprel 1997-yil | ||
Tavallud joyi | Uchkoʻprik tumani Fargʻona, Oʻzbekiston | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | OKMK | ||
Raqami | 15 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2016—2022 | Qoʻqon 1912 | 145 | (4) |
2023— | OKMK | 25 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2016—2017 | Oʻzbekiston U-20 | 2 | (0) |
2017—2019 | Oʻzbekiston U-23 | 21 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Oybek Ravshan oʻgʻli Rustamov (inglizcha: Oybek Rustamov, 2-aprel 1997-yil[1], Uchkoʻprik tumani) – Oʻzbekistonlik futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Olmaliqning „AGMK“ jamoasi futbolchisi.
Oybek Qoʻqon futboli maktabi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi Samandar Meliboyev[2]. Futbolchilik faoliyatini 2016-yilda 19 yoshida „Qoʻqon 1912“ jamoasi safida boshlagan[3][4]. 2021-yilgi mavsumda Xorij klublaridan tushgan bir necha takliflariga qaramay „Qoʻqon 1912“ jamoasi bilan shartnomasi uzaytirgan[5]. 2022-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida eng koʻp sariq kartochka olgan futbolchiga aylandi[6]. Qoʻqon jamoasi tarkibida 7 mavsum davomida oʻynaganidan soʻng, 2022-yilgi mavsum yakunida „AGMK“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[7][8][9]. Olmaliq jamoasi dastlabki mavsumidayoq jamoaning asosiy futbolchilaridan birga aylandi va Osiyo chempionlar ligasida debyut qildi va 7 ta oʻyinda ishtirol etgan. Mavsum yakunida OKMK jamoasi bilan Oʻzbekiston Kubogi finaligacha yetib bordi. Finalda Qarshining „Nasaf“ klubiga magʻlub boʻlgan.
2016-yil murabbiy Jasur Abduraimov Oybekni Oʻzbekiston U-19 terma jamoasiga chaqirgan[10]. 2018-yilda Xitoyda oʻtgan AFC U-23 Osiyo Kubogi musoboqasida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Ravshan Haydarov murabbiyligida chempion boʻlgan[11][12].