Jeff Bridges | |
---|---|
Tavalludi |
Jeffrey Leon Bridges 4-dekabr 1949-yil Los Angeles, Kaliforniya, A. Q. Sh. |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1951-hozirga qadar |
Turmush oʻrtogʻi |
Susan Geston (turm. 1977) |
Bolalari | 3 |
Otasi | Lloyd Bridges |
Onasi | Dorothy Bridges |
Mukofotlari | Toʻliq roʻyhat |
Veb-sayti | jeffbridges.com |
Jeffrey Leon Bridges (talaffuzi: „Djeffri Leon Bridjes“, 1949-yil 4-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik aktyor. Oʻzining koʻp qirraliligi bilan tanilgan[1] Jeff yetmish yillik faoliyati davomida turli maqtovlarga sazovor boʻlgan, jumladan, Akademiya mukofoti va ikkita "Oltin globus" mukofoti.
Bridges 1949-yil 4-dekabrda Los-Anjelesda aktyor Lloyd Bridges (1913-1998) va aktrisa va yozuvchi Dorothy Bridgesning (naviyasi Simpson, 1915-2009) farzandi sifatida tugʻilgan. U toʻrt farzandning biri: katta akasi Beau Bridges (1941-yilda tugʻilgan), u ham aktyor, singlisi Lucinda va 1948-yilda toʻsatdan chaqaloq oʻlimi sindromidan vafot etgan Garret ismli ukasi. Uning onasi tomonidan bobosi Angliyaning Liverpul shahridan muhojir boʻlgan[2].
Bridges birinchi marta ekranga chiqqan „The Company She Keeps“ (1951) film uning tugʻilgan kunidan koʻp oʻtmay namoyish etildi. Yoshligida Bridges va akasi Beau vaqti-vaqti bilan otalarining Sea Hunt shousida (1958-1961) va CBS antologiyasi The Lloyd Bridges Show (1962-1963) da qatnashishgan. 1969-yilda u Lassie teleserialining „Success Story“ epizodida Job Corps ekipaj aʼzosi Kal Baker rolini oʻynadi. 1971-yilda u "Search of America" telefilmida Michael rolini oʻynadi. Uning birinchi asosiy roli 1971-yilda "The Last Picture Show" filmida boʻlib, film uchun „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor“ nominatsiyasida Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan[3]. Keyinchalik u 1972-yilda John Huston tomonidan suratga olingan „Fat City“ filmida rol oʻynadi. 1973-yilda NASCAR haydovchisi Junior Johnsonning haqiqiy hikoyasiga asoslangan "The Last America Hero" filmida Junior Jackson rolini oʻynadi.
Bridges 1977-yilda Susan Gestonga uylandi[4][5][6][7]. Ular Geston ofitsiant boʻlib ishlagan ranchoda Rancho Deluxe (1975) filmini suratga olish paytida uchrashishgan[8][9][10][3]. Ularning uchta qizi bor: Isabel Annie (1981-yil 6-avgustda tugʻilgan), Jessica Lily „Jessie“ (1983-yil 14-iyunda tugʻilgan) va Haley Roselouise (1985-yil 17-oktyabrda tugʻilgan)[11][12]. Ularning Isabeldan Grace ismli nevarasi (2011-yil 31-martda tugʻilgan) bor.
Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
1958-1960 | Sea Hunt | Davey Crane / Jimmy / Boy / Kelly Bailey | 4 Epizod |
1962-1963 | The Lloyd Bridges Show | Various characters | 3 Epizod |
1965 | The Loner | Bud Windom | Epizod: „The Ordeal of Bud Windom“ |
1969 | The F. B.I. | Terry Shelton | Epizod: „Boomerang“ |
Lassie | Cal Baker | Epizod: „Success Story“ | |
Silent Night, Lonely Night | John Young | TV film | |
1970 | The Don Knotts Show | Oʻzi | 1 Epizod |
The Most Deadly Game | Hawk | Epizod: „Nightbirds“ | |
1971 | In Search of America | Mike Olson | TV film |
1981 | Great Performances | Michael Loomis | |
1983 | Faerie Tale Theatre | Claude / Shahzoda | Epizod: „Rapunzel“ |
1983, 2010 | Saturday Night Live | Oʻzi | |
1996 | Hidden in America | Vincent | TV film |
2000 | Raising the Mammoth | Narrator | Discovery Channel, maxsus |
2002 | Reading Rainbow | Narrator | Epizod: „The Tin Forest“ |
2008 | A Dog Year | Jon Katz | TV film |
2022 | The Old Man | Dan Chase |