Muhiddin Esonov | |
---|---|
Kogon tumani hokimi | |
Mansab davri 29-fevral 2020-yil – 13-mart 2024-yil | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Yoʻldosh Jumayev[1] |
Vorisi | Otabek Qazoqov[2] |
Buxoro tumani hokimi | |
Mansab davri ???? – 2019-yil | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Vorisi | Kaxramon Doʻstov |
Buxoro viloyati hokimi | |
Mansab davri 27-dekabr 2011-yil – 16-dekabr 2016-yil | |
Hukumat boshligʻi |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Aripov |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Samoyiddin Husenov |
Vorisi | Oʻktam Barnoyev[3] |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | OʻzSSR, SSSR |
Muhiddin Turdiyevich Esonov (tugʻ. Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik davlat arbobi. 2011—2016-yillarda Buxoro viloyatining hokimi lavozimida ishlagan[4].
Muhiddin Turdiyevich Buxoro viloyatining Vobkent tumani hokimi boʻlgan. 2011-yil 27-dekabrda Islom Karimovning buyrugʻi bilan Buxoro viloyati hokimi etib tayinlangan[5][6][7].
2016-yilda Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod qilingan. Viloyat hokimligidan ishdan olingach, bir muddat Buxoro tumani hokimi vazifasini bajargan. 2019-yilda boshqa ishga o'tishi munisabati bilan Buxoro tumani hokimi vazifasidan ozod qilingan[8]. 2019-yildan 2020-yilga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i sifatida ishlagan[1].
2020-yil 29-fevralda Kogon tumani hokimi vazifasiga tayinlanadi[1]. 2024-yil 13-mart kuni sogʻligi yomonlashgani sababli lavozimidan ozod etilgan[2].