Murodjon Azimov | |
---|---|
Fayl:41f191ada4a39b325aa67f7d4366d30e.jpg | |
Qashqadaryo viloyati hokimi | |
Mansab davri 2021-yil 18-noyabrdan | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Zoir Mirzayev |
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2018-yil 12-fevraldan – 2021-yil 18-noyabrgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Muidjon Tohiriy |
Vorisi | Akmalxoʻja Mavlonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-iyul 1976-yil Qashqadaryo |
Maʼlumoti | Toshkent davlat yuridik universiteti |
Mukofotlari | |
Xizmat yillari | 1998-yildan |
Unvoni | general-mayor |
Murodjon Berdialiyevich Azimov (1976-yil Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Qashqadaryo viloyati hokimi (2021-yildan[1], 2022-yildan tasdiqlangan[2]).
Murodjon Azimov 1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan.
1998-yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan.
1998—2014-yillarda Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasida prokuror, viloyat prokurorining oʻrinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan[3]. 2014—2016-yillarda Buxoro viloyati prokurori, 2016—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2018—2021-yillarda Oʻzbekiston davlat bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Bojxona xizmati general-mayori[4]. 2021-yil 18-noyabr kuni Qashqadaryo hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi[5]. 2022-yil 22-apreldan Qashqadaryo viloyat hokimi[6].