Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Nerd Ayriev Aramovich | ||
Tavallud sanasi | 8-fevral 1932-yil | ||
Tavallud joyi | Oʻzbekiston SSR | ||
Vafot sanasi |
17-avgust 2018-yil (86 yoshda) | ||
Vafot joyi | Oʻzbekiston | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyati yakunlangan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1960 | Spartak | - | (-) |
1961—1962 | Sokol | - | (-) |
1963—1967 | Neftchi | 28+ | (15+) |
1967-1970 | Oq Oltin | - | (-) |
Boshqargan klublari | |||
1972—1984 | Neftchi (Yordamchi murabbiy) | ||
1984—1987 | Neftchi | ||
1990 | Qoʻqon 1912 | ||
1992 | Shahrixonchi | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Nerd Ayriev Aramovich (ruscha: Айриев, Нерд Арамович; 8-fevral, 1932-yil – 17-avgust, 2018-yil) – SSSR va Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va futbol murabbiyi. SSSR sport ustasi.
Nerd futbolchilik faoliyatini 1960-yilda Fargʻonaning „Spartak“ jamoasida boshlagan. 1961—1962-yillarda Toshkentning „Sokol“ jamoasida oʻynagan. 1963-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtgan[1]. „Neftchi“ jamoasida 1967-yilgacha oʻynagan. 1967-yilda Shahrixonning „Oq Oltin“ jamoasiga oʻtgan va 1970-yilda faoliyatini yakunlagan.
Nerd Aramovich futboldagi murabbiylik faoliyatini 1972-yilgi mavsumda yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. Bir necha yil davomida jamoaning yoshlar jamoasiga bosh murabbiylik qilgan. 1984-yildan 1987-yilgacha „Neftchi“ jamoasining bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. 1990-yilgi mavsumda Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ klubida bosh murabbiy boʻlgan[2][3]. 1992-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasining dastlabki mavsumida Shahrixonning „Shahrixonchi“ klubida bosh murabbiylik qilgan. Shundan bir nehca yillar davomida Fargʻona shahridagi BOʻSM maktabida yoshlarga futboldan dars berdi va bir qator iqtidorli futbolchilarni yetishtirdi[4][5].