Rasmiy logotipi | |
Bosh qarorgohi | Varshava, Polsha |
---|---|
Tashkil etilgan yili | 1945 |
Mulkchilik shakli | 100% Davlat mulki[1] |
Prezident | Adam Glapiński |
Markaziy banki | Polsha |
Valyutasi |
Zlotiy (zł) Andoza:ISO 4217/code (ISO 4217) |
Oltin-valyuta zaxiralari | $162.7 mlrd (2021-yil may)[2] |
Veb sayti | Andoza:Official URL (polyakcha and English) |
Polsha Milliy banki (polyakcha: Narodowy Bank Polski, pronounced [narɔdɔvɨ bank pɔlski]), koʻpincha NBP deb qisqartiriladi, Polshaning markaziy banki boʻlib, 1945-yilda tashkil etilgan. U Polsha valyutasi, zlotiyning emissiyasini nazorat qiladi. Bank bosh ofisi Varshavada joylashgan va Polshaning 16 yirik shaharlarida filiallariga ega. NBP Polshani Yevropa Ittifoqi tashkilotini boʻlmish Yevropa Markaziy banklari tizimida tamsil etadi.
Garchi bank 1945-yildan beri hozirgi nomi bilan faoliyat yuritsa-da[3], bundan avval Polsha Banki (Bank Polski) deb nomlangan ikkita markaziy bankning davomi hisoblanadi. Birinchisiga 1828-yilda Varshavada shahzoda Frantsishek Ksaveri Drutskiy-Lubetsiy (Franciszek Ksavery Drucki-Lubecki) tomonidan asos solingan. Bank Polsha Qirolligi hukumatining muassasasi boʻlib, u polyak valyutasini chiqarish va kredit stavkalarini nazorat qilish huquqiga ega edi. Shuningdek, u chet el valyutalari bilan ishlash va xorijiy kompaniyalar va banklar tomonidan berilgan kreditlarni sotib olish huquqiga ega edi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Polshaning oltin zaxiralari Ruminiya, Buyuk Britaniya va Kanadaga koʻchirildi. 1946-yil noyabrda, Polshaning urush davridagi qarzi bekor qilingandan soʻng, urushdan oldingi oltin zaxiralarining katta qismi yangi kommunistik hokimiyatga qaytarildi. 1939-yilda Ruminiyaga oʻtkazilgan oltin 1947-yilda Polshaga qaytarildi, sobiq Polsha banki yopildi va nihoyat oltinlar 1952-yilda yangi tashkil etilgan Narodowy Bank Polski tomonidan oʻzlashtirildi.
Ikkinchi bank Polshaning urushdan keyingi rejali iqtisodiyotida ishlashga ruxsat berilgan ikki bankdan biri edi. U valyuta, kreditlar va jamgʻarmalarni toʻplashda monopol huquqqa ega edi. Boshqa bank, PKO Bank Polski, shaxsiy hisoblar uchun javobgar edi. 1989-yilda kommunistik tizim qulagandan soʻng, bozor iqtisodiyoti qayta tiklandi va NBP oʻz funksiyalarini valyuta nazorati va boshqa xususiy nazorat ostidagi banklarni nazorat qilish bilan cheklab qoʻydi.
Polsha Milliy bankining tuzilmasi va faoliyati 1997-yildagi Polsha Konstitutsiyasining 227-moddasi[4] va oʻsha yili qabul qilingan Milliy bank toʻgʻrisidagi qonun[5] bilan tartibga solinadi.[6] NBP prezidenti Polsha Respublikasi Prezidentining tavsiyasiga binoan mamlakat parlamenti (Seym) tomonidan olti yil muddatga tayinlanadi. NBP prezidenti Markaziy bankning tashkil etilishi va faoliyati uchun javobgardir. Ayni bir shaxs NBP prezidenti lavozimini ikki muddatdan ortiq bajara olmaydi. U NBP xodimlarining boshligʻi sifatidagi funksiyasidan tashqari, pul-kredit siyosati kengashi, NBP Boshqaruvi va Bank nazorati komissiyasining raisi hisoblanadi. Shuningdek, u Polshani xalqaro bank va moliya institutlaridagi vakilligi uchun javobgardir.
2019-yilda Polsha Milliy bankida toʻliq stavkada oʻrtacha 3312 kishi ishlayotgan edi.[7]
((cite magazine))
: CS1 maint: date format ()
Yevrozona ichida (Yevrotizim aʼzolari) |
|
---|---|
Yevrozona tashqarisida |
|
Bankka aloqador YI institutlari |
|
|