Qorabuloq Қарабұлақ | |
---|---|
Qishloq | |
![]() | |
42°31′37″N 69°48′23″E / 42.52694°N 69.80639°E G OKoordinatalari: 42°31′37″N 69°48′23″E / 42.52694°N 69.80639°E G O | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Viloyat | Turkiston viloyati |
Tuman | Sayram tumani |
Hukumat | |
• Akim | Komiljon Abdilahatov |
Asos solingan | 1925 |
Maydon | 109 km2 (42 mi²) |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Rasmiy til(lar)i | Qozoqcha |
Aholisi (2023) |
55 540 [1] |
Zichligi | 5 211 kishi/km2 |
Milliy tarkib | Oʻzbeklar — 99% gacha[2] |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 725 31[3] |
Pochta indeks(lar)i | 160804[4] |
Avtomobil kodi | X-(eskisi), 13-(yangisi) |
Qorabuloq qishlogʻi (qozoqcha: Қарабұлақ, Qarabūlaq) — Turkiston viloyati Sayram tumanining eng katta qishloqlaridan biri[5]. Aholisi soni 45 mingga yaqin (2012). Umumiy yer maydoni — 11 134 ga. Viloyat markazi sanalmish Turkiston shahridan 200 km uzoqlikda va tuman markazi Oqsuvkent qishlogʻidan 18 km uzoqlikda joylashgan.
Qadimda Qorabuloq hududi deganda sharqdan Mashat oʻzani, Gʻarbdan Oqtan-oga-Oqsuv, shimoldan Tuyatosh oʻzanidan to janubdagi Isfijob (Sayram) yaqinidagi Tassay oʻzanigacha oraliqdagi yerlar tushunilgan. Qorabuloq — Isfijobning shimoli-sharqidagi eng katta kent. Katta Buyuk Ipak yoʻlidagi gavjum, mashhur hududda boʻlgan.
Oqsuv (Boyzo) daryosi Sagʻanoqdan oqqan, Karvon yoʻli Isfijobdan chiqib, Oqsuavlot (Xanjuk) tepasida Kultepa, Shoʻrtepa, Qulon, (Qaynarboshi) orqali Taraz, Xitoyga, Qorasuv boʻylab Begjaota, Xonqoʻrgʻon, Oqmasjid orqali Oʻtrorga borgan. Domotdix yuqorisida Oqsulot, Xanjuk, Shoʻrtepa oʻrnida Sharob, Qaynarboshida Kulonkent, Begjaota hududida Oqqoʻrgʻon, Madaniyda Xonqoʻrgʻon, Koʻlkent, Oqsaroy kabi kichik shahar va koʻpgina qishloqlar boʻlgan. 10 ta joyda avliyo, 7 ta joyda katta bozor, karvonsaroylar oʻrinlari saqlangan.
Qorabuloq tarixda Xitoylik, Turonlik, Eronlik va slavyan savdogarlari uchrashadigan markaziy gavjum hudud boʻlgan. Kir, Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon, Amir Temur[6], Qoraxon, Oʻgʻuzxon kabi jahongirlar Qorabuloq joylashgan hududda boʻlishgan.
Qorabuloq qishlogʻi hududida, ayrim manbalarda yozilishicha odamlar miloddan avvalgi yillardan boshlab yashay boshlagan. Oʻrta Osiyoni arablar bosqinchiligidan keyin, Somoniylar sulolasi qoʻlga oldi. 893-yili Qorabuloq Somoniylar davlati tarkibida, 990-1141-yilgacha Qoraxoniylar davlati tarkibida boʻldi. Oʻrta Osiyosi Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻullar bosib olguniga qadar (1219-1221) Qorabuloq Xorazmshohlar davlati tarkibida boʻldi (1141-1219). Qorabuloq 1221-yildan to 1370-yilgacha Chigʻatoy ulusi tarkibida, 1370-1501-yil oraligʻida Temuriylar imperiyasi, 1501-yildan boshlab Shayboniylar boshchiligidagi Buxoro xonligi tarkibida boʻldi. Keyinchalik 1598-yili Tavakkal xon bir qancha shaharlar bilan qoʻsha Qorabuloqni ham bosib oldi va Qorabuloq Qozoq xonligining qoʻliga oʻtdi. 1784-yilgacha Qorabuloq gohida oʻzbeklar qoʻliga oʻtsa, gohida qozoqlar qoʻliga oʻtib turdi. 1784-yil Qorabuloqni Yunusxoʻja boshchiligidagi Toshkent davlati bosib oldi va nihoyat, 1809-yili Toshkent davlatini Qoʻqon xonligi boʻysundirdi. 1809-yildan 1876-yilgacha Qorabuloq Qoʻqon xonligi tarkibida boʻldi[7]. 19-asrning oʻrtasiga kelib Rossiya imperiyasi hozirgi Oʻrta Osiyo hududini bosib ola boshlagan. 19-asrning oxiriga kelib Rossiya imperiyasi hozirgi Oʻzbekiston hududiga toʻgʻri keluvchi yerda hukm surgan barcha uch xonlikni qoʻlga kiritgan[8]. Xiva xonligi 1873-yilda magʻlub boʻlgan. Buxoro xonligi 1866-yil bosib olingan. Qoʻqon xonligi boʻlsa 1876-yil Rossiya imperiyasi tarkibiga rasman qoʻshilgan. Tarixda Qorabuloq asosan oʻzbeklar istiqomat qilgan joy boʻlishiga qaramay, hozirgi Qozogʻiston tarkibiga kiritilgan. Ruslar Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasini avtonom oblastlarga parchalayotganda Qorabuloqni Qirgʻiz ASSR tarkibiga kiritgan. Keyinchalik esa Qozoq SSR qilib qayta tuzilgan. SSRI parchalanganidan keyin Qozoq SSR Qozogʻiston boʻldi. Shu asnoda milliy tarkibi faqat oʻzbeklardan iborat Qorabuloq Qozogʻiston tarkibiga qoʻshildi. Baʼzi manbalarga koʻra, sovetlar atayin chegaralarni milliy guruhlarning tarixiy yashash joyiga mos kelmaydigan qilib chizishgan. Bunday qilishdan maqsad ushbu hududlarning tarixiy egalarini butunlay Moskvaga tobe boʻlishlarini taʼminlash va shu yoʻl bilan ularni boshqarishni osonlashtirish boʻlgan[9].Bu manbalarga koʻra, alohida mamlakatlar yaratishdan maqsad Oʻrta Osiyoda panturkistik va panislomistik oqimlarning oldini olish boʻlgan[10].Bu strategiyani baʼzilar Iosif Stalinning „boʻl va boshqar“ siyosati deb nomlashadi[11][10]. Hozirda Qozogʻistonda mahalliy aholisi asosan oʻzbeklardan iborat boʻlgan koʻplagan aholi punktlari bor. Oʻrta Osiyoda yashayotganlarning koʻpi aslida boshqa mamlakat tarkibida boʻlishlari kerakligiga ishonishadi[9] . Ayrim olimlarning fikriga koʻra, sovetlar Oʻrta Osiyo mamalakatlari chegaralarini belgilayotgan paytda bu yerlarda koʻp millat vakillari birga yashagani uchun milliy va hududiy chegaralarini aniq boʻlishning iloji boʻlmagan[12].
Qorabuloq aholisining koʻpchiligi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi[13]. Bu qishloq Qozogʻistondagi yagona 70 % dan ziyod aholisi ish bilan taʼminlangan qishloq boʻlib hisoblanadi[14]. Qishloqda koʻpgina tegirmonlar, koʻngil ochar choyxona, restoran, toʻyxonalar va b. mavjud. Aholisi mehnatkash, bu qishloqdan kuniga 115 tonna goʻsht eksport qilinadi[15]. Astana, Qaragʻandi, Almati, Taraz va boshqa hududlarni goʻsht bilan taʼminlaydi, shuningdek Qorabuloqdan turli sabzavot va koʻkatlar ham chet hududlarga eksport qilinadi. Bu qishloqning yana bir oʻzgachaligi Qozogʻistondagi eng katta mol bozori ham shu qishloqda joylashganidir. Qishloq hududi boshqa qishloqlar bilan taqqoslaganda kichkinagina joyni egallagan. Qishloqda 54 832 bosh yirik mollar bor. Sogʻin sigirlar soni esa — 8 475, yilqilar soni — 12 500, Qoʻy - echkilar soni 61 800. Qorabuloq xoʻjaligi mulkida 7 ming gektarlik yer boʻlishiga qaramay, chorva mollarini boqish uchun yaylov yerlar tanqis[16].
2020-yilgi byudjeti (tenge) |
AQSH dollari ($) | 2021-yilgi byudjeti (tenge) |
AQSH dollari ($) | 2022-yilgi byudjeti (tenge) |
AQSH dollari ($) | |
---|---|---|---|---|---|---|
Kirimlarʻ | 128 265 000 | 339 326 | 129 398 000 | 306 630,5 | 135 945 000 | 312 517 |
Soliq tushumlari | 56 313 000 | 148 976 | 82 050 000 | 193 972 | 87 795 000 | 201 827,6 |
Daromad soligʻi | 15 500 000 | 41 000 | - | - | - | - |
Shaxsiy daromad soligʻi | 15 500 000 | 41 000 | - | - | - | - |
Mulk soliqlari | 40 949 000 | 108 331 | 82 897 000 | 195 974 | 88 700 000 | 203 908 |
Yer soligʻi | 3 523 000 | 9 321 | 6 523 000 | 15 421 | 6 980 000 | 16 046 |
Avtotransport soligʻi | 36 354 000 | 96 175 | 74 156 000 | 175 310 | 79 348 000 | 182 409 |
Tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun ichki soliqlar |
400 000 | 1 058 | 262 000 | 620 | 281 000 | 646 |
Tadbirkorlik va kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun olinadigan toʻlovlar |
400 000 | 1 058 | 262 000 | 620 | 281 000 | 646 |
Soliqdan tashqari tushumlar | 729 000 | 1 929 | 1 414 000 | 3 343 | 1 512 000 | 3 475 |
Davlat mulkidan olinadigan daromadlar | 350 000 | 926 | 1 266 000 | 2 993 | 1 354 000 | 3 112 |
Davlat mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlar |
350 000 | 926 | 1 266 000 | 2993 | 1 354 000 | 3 475 |
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan, shuningdek Qozogʻiston Respublikasi Milliy bankining byudjetidan (xarajatlar smetasiga) kiritilgan va moliyalashtiriladigan davlat muassasalari tomonidan qoʻllaniladigan jarimalar, sanksiyalar, rekvizitsiyalar. berishdan olingan daromadlar |
350 000 | 926 | 117 000 | 276,6 | 125 000 | 287,3 |
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan, shuningdek Qozogʻiston Respublikasi Milliy banki byudjetidan qoplanadigan va moliyalashtiriladigan davlat muassasalari tomonidan qoʻllaniladigan jarimalar, sanktsiyalar, ekspropriatsiyalar, neft sektori tashkilotlaridan tushadigan daromadlar bundan mustasno |
350 000 | 926 | 117 000 | 276,6 | 125 000 | 287,3 |
Soliqdan tashqari boshqa tushumlar | 58 000 | 153,5 | 62 000 | 146,6 | 66 000 | 151,7 |
Transferlardan olingan daromadlar | 71 233 | 188,5 | 45 934 | 108,6 | 46 638 | 107,2 |
Davlat boshqaruvining yuqori organlaridan transferlar |
71 233 | 188,5 | 45 934 | 108,6 | 46 638 | 107,2 |
Tumanlarning (viloyat ahamiyatiga ega shaharning) byudjetidan transferlar |
71 233 | 188,5 | 45 934 | 108,6 | 46 638 | 107,2 |
Qishloq aholisi 2021-yilgi maʼlumot boʻyicha 54 000 ga yaqin, norasmiy manbalarga koʻra qishloqda 70 000 dan ortiq kishi istiqomat qilmoqda. 2004-yilga koʻra Qorabuloq qishlogʻi hokimligi bosh mutaxxasisi Abdushukur Rejametovning aytishicha, qishloqda tugʻilish darajasi juda yuqori. Qorabuloqda 1126 ta, 2005-yilning 10 oyida 980 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Aholisi 54 mingga yaqin, Qorabuloqning asosiy qismini, yaʼni 99 % dan ortiq qismini oʻzbeklar tashkil qiladi. Qorabuloq aholisi juda zich joylashgan[18].
1939 6 761[19] |
1959 8 851↗[20] |
1979 16 428↗[21] |
1999 28 669↗ |
2002 33 130↗[22] |
2009 35 301↗ |
2015 43 100 ↗ |
2016 44 812↗ |
2018 46 388↗[23] |
2019 48 986↗[24] |
2020 50 426↗[25] |
2021 52 105↗[26] |
---|
Qorabuloq aholisi 2015-yilgi statistikaga koʻra 43 100 kishini tashkil qildi. Milliy tarkibiga koʻra quyidagicha:
Qorabuloq iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va qor juda kogʻadi, yozi jazirama issiq. Qish oylarida havo harorati — 31°C gacha sovub ketadi, yanvar oyining oʻrtacha harorati 3 – 4 °С. Yozda esa 35-43 °C boʻladi, iyul oyining oʻrtacha harorati 24 – 26 °С[27].
Qorabuloq iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 22,2 | 24,5 | 30,7 | 33,0 | 37,8 | 43,0 | 44,6 | 42,2 | 39,2 | 34,4 | 30,5 | 25,4 | 42,6 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 4,1 | 6,6 | 12,9 | 19,2 | 25,1 | 30,0 | 32,7 | 32,1 | 27,2 | 18,8 | 12,1 | 6,0 | 18,9 |
Oʻrtacha harorat, °C | 0,7 | 1,6 | 7,6 | 13,6 | 19,1 | 23,7 | 26,3 | 25,3 | 19,9 | 12,3 | 6,4 | 0,9 | 13,0 |
Oʻrtacha minimal, °C | −4,8 | −2,7 | 3,0 | 8,3 | 12,9 | 16,7 | 19,1 | 17,9 | 12,8 | 6,6 | 1,7 | −3,1 | 7,4 |
Mutlaq minimal, °C | −31,1 | −28,9 | −23,9 | −5,0 | −2,8 | 5,5 | 7,8 | 7,0 | −1,1 | −12,0 | −30,0 | −26,1 | −31,1 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 73 | 70 | 83 | 69 | 56 | 16 | 12 | 4 | 10 | 41 | 67 | 75 | 576 |
Manba: Ob-havo va iqlim |
Qishloqda 17 ta maktab, 2 ta kollej va 3 ta bozor bor. Shuningdek, Qorabuloqning oʻzida 24 ta masjid, 6 ta kasalxona, 2 ta shifoxona, 8 ta bolalar bogʻchasi, 4 ta sport kompleks, 15 ta sport zal, 2 ta pochta xizmati, 1570 ta chorva va dehqonchilik xoʻjaliklari, Alisher Navoiy nomidagi madaniyat uyi hamda Sayram tumanidagi eng katta va nufuzli jome masjidi bor[28]. 2022-yil 20-dekabr oyidagi maʼlumotga koʻra qishloqda 5 ta toʻyxona va 64 ta kafelar ish yuritmoqda[29].
Qishloq hokimligi hududida birinchi maktab „Oqtom“ deb ataldi. Uni 1898-yilda Anor domla degan kishi ochgan. 1920-yili u Shoʻro maktabiga aylantirildi. 1936-yilda I.V.Stalin nomi berildi. 1962-yildan beri Hamza nomi bilan ataladi. Qishloqda 12 ta kutubxona bor. Ulardagi umumiy kitob jamgʻarmasi 55 mingga yaqin. Hozirgi kunda Qorabuloqda 1 ta kollej, 8 ta oʻrta, 3 ta toʻliqsiz maktab faoliyat koʻrsatayapti. Ularda 11 000 ga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda, oʻquvchilarga 1000 ga yaqin pedagog saboq bermoqda[30]. 2013-yili № 48 D.Qoʻnayev nomli litsey maktabi, № 25-D.Qoʻnayev nomli kollejiga aylantirildi, hozirgi kunda kollej direktori — Ismoilov Irismat. Qorabuloq qishlogʻida 2010-yili 11 ta maktab va 1 litsey maktablari faoliyat yuritdi, shu yili bu qishloqdan maktab bitiruvchilari orasida oliy oʻquv yurtlariga davlat grantini qoʻlga kiritib tushganlar, boshqa yillar bilan taqqoslaganda keskin 2 baravarga koʻpaydi. Qishloqda yagona koʻzga koʻringan 48-litsey maktabidan 36 ta maktab bitiruvchisi davlat grantini qoʻlga kiritdi.
Maktab qurilishi Oʻsarqul xoji Irisqulov homiyligida 2003-yili boshlanib, 2004-yili 1-sentabrda nihoyasiga yetdi. Maktab 650 oʻquvchiga moʻljallangan boʻlib, 2 mavsumda faoliyat yuritadi.
2013-yili Qorabuloqda yana bir yangi maktab barpo etilishi rejalashtirilib, Qorabuloq — Koʻlkent tosh yoʻli yoqasida yangi 900 ta oʻquvchiga moʻljallangan maktab qurilishi uchun 4 gektar yer ajratildi[34]. Loyihaning umimiy qiymati 324 million tengeni (1 741 935 aqsh dollari) tashkil qiladi.[35] 2015-yil 1-sentabrda № 17 maktab nomi bilan ishga tushirildi.[36]
Turkiston viloyati, Sayram tumani Qorabuloq qishlogʻiga, QR Mehnati singgan quruvchi, "Qurmet" ordenining sohibi Nizomxon Sulaymonovich Sulaymonov tomonidan qurilgan xususiy uch qavatli maktab, 2020-yil 1-sentabr kuni ish boshladi. Hozirgi kunda maktabga olib boruvchi 1,5 km yoʻl asfaltlandi, 3 kilometrli yoʻlakcha qurildi. Maktabda 5 sport zal, tennisli kort, futbol maydoni, har turli yoʻnalishdagi toʻgaraklar, basseyn mavjud. 1200 oʻquvchiga moʻljallangan maktabda 60 ta sinfxonaning 50 tasi interaktiv doskalar bilan jihozlangan va qishloqqa olisdan kelib ishlaydigan oʻqituvchilar uchun mehmonxonalari ham mavjud.[37]
Qishloq tarixida Umar emchi Shoniyozovning nomi saqlanib qolgan. U kishi qizamiq, bezgak kasalliklarini davolashda oʻta tajribali boʻlgan. Hozir xalqqa nomi tanilgan tabib Oʻsarqul xoji Irisqulov ham shu qishloq fuqarosi[38]. Hokimlik hududida tuman kasalxonasining ikkita filiali, 2 ta oilaviy shifoxona, 2 ta tibbiyot punkti va 1 ta xususiy „Komilov“ shifoxonasi faoliyat koʻrsatib, ularda hammasi boʻlib 500 ga yaqin tibbiy xodimlar mehnat qilmoqda.
Qorabuloq aslida nomiga monand sersuv hudud. Qadimdan insoniyat yashashi uchun xavfsiz va qulay makon. Shu sababli oʻgʻuz qabilalari juda qadimdan mana shu qulay hududga kelib oʻtroqlashganlar. Kanal, ariqlar qazib suv chiqarib, koʻchmanchilik-chorvachilikdan dehqonchilikka oʻtganlar. Suv manbalarining koʻpligi, jumladan Uch togʻ daryosi va mingdan ziyod buloqlar borligi sabab bu hududni «sharob» (suv ichadigan, suv gʻamlab olib ketadigan) deb nomlaganlar. Qorabuloq zaminidagi suvlarni ikki xil (Qorasuv, Oqsuv) nom bilan atalishida katta maʼno bor deb hisoblanadi. Qora-toza, zilol suv rangi qora koʻrinadi; oqloyqa, qum aralashgan suv oq koʻrinadi. Bundan tashqari Qora qadimgi samid tilida shimol, sovuq maʼnoni anglatgan. Sharqning bosh shahri — Sayramga sovuq, zilol, ichimlik suvining bir qismini Qorabuloq hududi yetkazib turgan.
Oʻtmishda buloq va Qorabuloq hududidan oqib oʻtadigan suvlar hozirgisidan 4-5 baravar koʻp boʻlgan. Shu sababli arablar Oqsuv daryoni Bayzo, Yuran, Dahshatli deb ataganlar. Asrlar osha tabiatdan nooqilona foydalanish natijasida oʻzanlarini loyqa bosib, suv manbalari quriy boshladi. X asrgacha Xanjuk yaqinidan boshlangan Qorasuv, Mankent hududidan boshlangan Qaynar, Qursoy, Koʻlkentga (Qizilqishloq) borishdagi Kufo qamishsoy, Oqtan ota daryolari suvlari hozirgidan bir necha baravar koʻp boʻlgan. Qadimgi Sigʻanoq shahridan bosh oluvchi, Qorabuloq markazidan oqib oʻtuvchi Oshbuloq daryosi katta daryolar sarasiga kiradi. Qorabuloq hududi va undan tashqari boshqa hududlardan ham qoʻshilib jam boʻladigan bosh daryosi — Oris mintaqa uchun katta ahamiyatga ega.
Qishloqda Alisher Navoiy, Oqsuv, Gʻayrat, Qorasuv, Koʻlkent, Koʻlkent ota, Navroʻz ishlab chiqarish shirkatlari mavjud.
1995-yilda, xususiylashtirish endi boshlanib kelinayotgan davrda tuzilgan. 370 ta oila aʼzolari shu yerda mehnat qilishadi. Sohasi koʻp qirrali: chorvachilik, dehqonchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan.
1996-yilda tuzilgan paytda unga 1221 kishi aʼzo boʻldi. Dehqonlari asosan sabzavotchilik va gʻallachilik bilan shugʻullanadi. Raisi Yuldashov Murod.
Qishloq hokimiyati deganda shu qishloqni, hududni boshqarish usuli, faoliyati va boshqarilish natijasi tushunilgan. Qadimda Qorabuloq hududidagi oʻgʻuz qabilalarida boshliqlarni Bek deb atashgan. Islomga oʻtgach. amirlar, moʻgʻullar istilosidan soʻng Boʻlis (Ulus), chorizm davrida Volost, Sovet davrida qishloq soveti raisi va nihoyat mustaqillikka erishgach, Hokim boshqaradigan boʻldi.
Boʻlislik boshqarish davrida Qorabuloq boʻlislari – Anormat, Saydaxmat va Isolar boʻlishgan. Tulkiboshi, Mankent, Shayan hududlari ham Qorabuloq boʻlisligiga qaragan. Oktabr inqilobidan soʻng har bir qishloq alohida boʻlislikka aylandi. 1925-yildan soʻng Qorabuloq qishloq soveti tuzildi. 1936-yili Koʻlkent (Qizilqishloq), 1996-yilda Oris hokimiyati ajralib chiqdi. Shunday qilib hozirgi kunda Qorabuloq hududida 10 ga yaqin qishloq hokimchiligi mavjud boʻlib, har biri mustaqil oʻz hududlarini boshqarayotgan boʻlsada, ular oʻrtasida iqtisodiy, madaniy, maʼnaviy hamkorlik aloqalari yuqori darajada yoʻlga qoʻyilgan.
Hozirgi kunda Qorabuloq qishloq hokimiyati qadimgi hudud yerining 3/1 qismini boshqaradi. Qolgan qismi Koʻlkent (Qizilqishloq), Oris, Mashat, Jambul, Mankent, Oqsuv hokimiyatlariga qaraydi.
Qorabuloq qishloq hokimiyati hisobida 45 mingga yaqin aholi, 12 mingdan ortiq xonadon, katta kichik 6 ishlab chiqarish shirkati, 450 dan ortiq dehqon xoʻjaliklari, 12 ta oʻrta, toʻliqsiz oʻrta maktab va kollej, mashina-traktor stansiyasi, kasalxonalar, tadbirkorlik korxonalari bor. Hokimiyat mahalla oqsoqollariga suyanib, ular bilan hamkorlikda ish olib boradi. Qorabuloq qishloq hokimiyati yonida 12 ta mahalla qoʻmitalari ishlab turibdi[40].
Yuqorida keltirilganidek, Qorabuloqqa kelib oʻtroqlashgan qadimgi ajdodlarining asosiy kasbi dehqonchilik boʻlgan va shu kasb bilan nom qozonib, hozirgacha el-yurt boyligini yaratib kelayotganlar ana shu zahmatkash dala xizmatchilaridir. Oktabr inqilobigacha Qorabuloq hududining deyarli hamma yeri dehqonchilikka yaroqli boʻlib, el-yurtni toʻydirib, chetga ham mahsulot chiqarilgan. Inqilobdan soʻng dehqonlar birlashib shirkat boʻlib ishlay boshladilar. 1929-yilda birinchi kolxoz tuzildi, 1930-yildan soʻng kolxozlar koʻpayib, ular soni 15 taga yetdi: Rabochiy, Molotov, Qaynarbuloq, Gʻayrat, Baynalminal, Inqilob, Paxtazarbdor, Madaniy, Yangi turmush, Xrushchev va boshqalar. Urushdan keyin kolxozlar yana qoʻshildi va 70-yillarda Qorabuloqda bitta A. Navoiy nomli sovxozga aylantirildi. 1980-yilda bogdorchilik va uzumchilikga ixtisoslashgan "Ak-su" nomli sovxoz A.Navoiy nomli sovxoz hududidan ajratilib tashkil qilindi. 1990-yillarda sovxozlar yana boʻlina boshlandi, shirkatlar, dehqon xoʻjaliklari yuzaga keldi. Hozirgi kunda qishloqda 7 ta: A.Navoiy, Oqsuv, Gʻayrat, Qorasuv, Koʻlkent, Koʻlkent ota, Navroʻz shirkatlari mavjud hamda 450 ga yaqin dehqon xoʻjaliklari paydo boʻldi. Xoʻjalik shakli oʻzgargani bilan el-yurt boyligini yaratuvchi dehqon mehnati qadimiyligicha qoldi.
Qorabuloq qishlogʻida sportning asosan voleybol va futbol turlari yaxshi rivojlangan[41]. Qishloqning 12 ta voleybol komandasi bor. Qorabuloq voleybol federatsiyasining prezidenti Abduazim Umarovdir. 2013-yil Respublika boʻyicha Voleybol chempionatida Qorabuloq voleybol komandasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2012-yil iyun oyidan boshlab Qorabuloq futbol federatsiyasi rivojlanishi yaxshi yoʻlga qoʻyildi. QFF prezidenti boʻlib Badriddin Nishanqulov saylangandan buyon koʻplab ishlar amalga oshirildi. Bundan asosiy maqsad Qorabuloq qishlogʻida futbolni jonlantirib[42], butun respublika raqobatiga tayyorlash. 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha Qorabuloq qishlogʻida 5 ta stadion bor.
Qorabuloq hududida kasb-hunar, savdo-tijorat sohasi uzoq-uzoq hududlarga qadimdan maʼlum boʻlgan. Bir tomondan Buyuk Ipak yoʻlida joylashganligi, ikkinchi tomondan xalqining kasb-hunarmandchilikka mohirligi, savdo-sotiqning oʻta gavjumligi qadimdan hozirgacha hududning shuhrat va mavqeini yoʻqotmay keladi. Bu yerga mahalliy hunarmandlardan tashqari Samarqand, Toshkent, Isfijob, Turkiston, hatto ajnabiy ellardan ham kasb-hunarmandlar kelib joylashganlar. Qishloqda kasb-hunarning hamma turi boʻyicha sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Eng nozik zargarlik buyumlaridan tortib, degrezchilik (temir, choʻyan buyumlar quyish) gacha, imorat solishdan tortib jihozlash, bezashgacha, toʻquvchiligu tikuvchilikkacha, xullas hudud xaridorlari talabiga mos mahsulotlar tayyorlagan. Isfijob, Taraz, Oʻtror va undan ham uzoq ajnabiy ellarda Qorabuloq ustalari, dehqonlari, chorvadorlari yetishtirgan buyum va mahsulotlariga ham talab katta boʻlgan. Bu holat bugungi kunda ham ahamiyatini yoʻqotganicha yoʻq. Hozirgi kunda asrlar osha xalq eʼzozlab kelgan kasb-hunarlarning ayrim turlari unutilib ketgan boʻlsa ham, Qorabuloq hududi shuhrati hamon mashhur.
Har bir katta va kichik xalqlarning oʻziga xos madaniyati, adabiyoti va sanʼati boʻlgani kabi Qorabuloq hududi xalqining ham oʻziga xos qadimdan davom etib kelayotgan yuksak madaniyati va sanʼati boʻlib, u oʻtmishdagi sanʼatkor ajdodlari anʼanalari bilan chambarchas bogʻliq. Qorabuloq qishlogʻidan yetishib chiqib, Oʻzbekistonda tanilgan Mahkam Maxamedov, Sadulla Anorqulov, Gʻiyos Boytoyev, Mehmonqul Islomqulov, Savron Javlonov kabi sanʼat va madaniyat xodimlari, Qorabuloq qishlogʻidan chiqib elga tanilgan Yusufaliev, Yusufjon Saydaliev, Irismat Yunusmetov, Inobat Qoʻchqorova, Soatoy Kamolova kabi talantli shoirlari Qorabuloq xalqining faxri hisoblanadi. Qorabuloq qishlogʻida xalqqa tanilgan yosh, talantli xonandalar, mohir soʻz ustalari juda koʻp.
Xalq orasidan chiqqan isteʼdodli sozandalar, qoʻshiqchilar juda koʻp. Qishloqda madaniyat uyidan tashqari doirachilar dastasi, „Laparchi buvilar“ guruhi tuzilgan. Ular „Sayram isteʼdodlari“ 2000-2001-yilgi festivallarida gʻolib va sovrindorlar deb topildi. Qishloqda 12 ta kutubxona bor. Ulardagi umumiy kitob jamgʻarmasi 35 ming dona.
Qishloqda urush va mehnat faxriylari kengashi (raisi Islomqul Yusupov), xotin-qizlar kengashi (raisasi Daryo Sayapova), yoshlar tashkiloti (raisi Alijon Rashidov) va „Sarboz“ guruhi (raisi Zafar Rahmatullaev) tuzilgan. Ular qishloqning tinch-osuda hayotini taʼminlash yoʻlida xizmat qiladi. Ayniqsa, biylar kengashining oʻrni oʻzgacha. Qishloqning toʻbebiyi Egamtoy Rustambekov oʻz ishida mahalla qoʻmitalari raislariga suyanadi.
Qorabuloq xalqida „ona yerni tepma, har bir qadamda minglab ajdodlarimiz yotibdi“, degan oʻgit tarqalgan. Mahalliy aholi hududning har qadamini muqaddas hisoblaydi va bu hududda yashab oʻtgan ajdodlar tarixini ardoqlaydi. Hududdagi tarixiy joylar, avliyo va ajdodlar qabrlari aniqlanib, tozalanib, obodonlashtirilib, ziyoratgohlarga aylantirilgan. Mintaqaga IX asrda kirib kelgan islom diniga eʼtiqod qiluvchi aksariyat mahalliy aholi tomonidan bu ishlar ijobiy qabul qilinadi. Endigina diniy e’tiqodga erkinlik berilisining birinchi kunlaridanoq, qishloqning bir guruh faol oqsaqol otaxonlari tashabbusi bilan, qishloq xokimi S.Mukhiddinov, A.Navoiy momli xojaligi rahbari B.Avezov va qishloq imomi A.Toshmetovlar hamjixadligida, qishloq Jomiy Masjidi qurilishi boshlandi.
Qishloq Jomiy Masjidining poydevori 1991-yil mart oyida boshlandi. Qurilish mutloq xalq xashari bilan olib borildi. Xar kuni, qishloq xokimiyati hududidagi mavjid 33 (shu paytdagi) mahalla qomita raislari boshchiligida, axoli navbatma-navbat tegishli mahallalardan jon kuydirib xasharga qatnasdilar. Mart oyida qurilishi boshlahgan bu yirik inshootning shu 1991-yili oktabr oyida tomi yopilib, eshik-derazalari ornanildi va birinchi Muborak Juma hamozi oqildi. Keyinchalik, xuddi shunday xalqning ahilligi va xokimiyatning gamxorligi yoli bilan, muddati 2-3 yil davomida, deyarli barcha maxallalarda xam masjitlar qurildi.
Qorabuloq ajdodlari yashab oʻtgan shahar, qishloq, turar joy oʻrinlari, yodgorliklari ihotalanmoqda. Hozirda Qorabuloq hududida 10 dan koʻproq qadimgi ajdodlari qabr-mozor qoldiqlari va hozir harakatdagi 50 dan koʻproq qabr yodgorliklari, fuqarolar qurgan va qurayotgan masjid-madrasa, koʻprik, toʻgʻon, yoʻl va xalq manfaati uchun qilinayotgan qurilish ishlari ham muqaddas dargohlar qatorida eʼzozlanadi.
Qorabuloq hududi baynalmilaldir. Xalqlar doʻstligi masalasi juda qadimdan Qorabuloq zamini xalqlari qoniga singib ketgan anʼanadir. Chunki Qorabuloq hududi katta Karvon yoʻlida va gavjum savdo-tijorat markazi boʻlganligi uchun hududga turli elat vakillari kelib-ketib, mahalliy xalq — oʻgʻuzlar bilan muloqot qilganlar, aralashganlar. Hozirgacha davom etayotgan bu doʻstlik, quda-andalik, ulfat-joʻralik, tanish-bilishlik juda qadimdan boshlanib, hozir yanada mustahkamlanib bormoqda. Qorabuloq bilan Jambul, Mingboy qishlogʻi, Qorabuloq bilan Madaniy — Jana turmus, Partsyezd, Qaynarbuloq bilan Oʻshaqti, Jogʻalboy va boshqa ovul xalqlari totuv yashab kelgan. Atrofidagi hududlarning moli, yem-xashagisiz, gʻallasisiz Qorabuloq boʻlmaganidek, Qorabuloqning sabzavot, sanoat mollari, hunarmandchilik buyumlarisiz chet hududlar ham rivojlanmagan boʻlar edi. Keyingi paytlarda Qorabuloq xalqining deyarli toʻrtdan birining dehqonchiligi chet hududlarda boʻlib, bu doʻstlik, hamkorlikning yangi shaklini vujudga keltirdi.
Qorabuloqda temir yoʻl stansiyasi va aeroport yoʻq. Qorabuloqqa eng yaqin temir yoʻl stansiya Oqsuvkentda joylashgan Mankent stansiyasidir, oraliq masofasi 18 km. Shuningdek Qorabuloqqa eng yaqin aeroport Chimkentda joylashgan orasidagi masofa 48 kilometrdir. Qorabuloqni Sayram tumanidagi boshqa aholi punktlari bilan avtomobil yoʻllari bogʻlab turadi.
2012-yili aprel oyida Qorabuloqda maktab yoshidagi oʻquvchilar orasida oʻz joniga qasd qiluvchilar, yaʼni oʻzini osib qoʻyayotganlar koʻpaydi[49]. Shu kasofatni yoʻqotish va oldini olish uchun Qorabuoq xalqi oq tuyani qurbonlikka chaldi.[50].
<ref>
tag; no text was provided for refs named FPM