Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bilolxon Toshmirzayev | ||
Tavallud sanasi | 8-avgust 1997-yil | ||
Tavallud joyi | Namangan Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 171 cm (5 ft 7 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi | ||
Raqami | 77 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2017—2018 | Navbahor | - | (-) |
2019 | Oqtepa | 2+ | (1+) |
2020—2021 | Turon | 39 | (1) |
2022 | → Qoʻqon 1912 | 24 | (1) |
2023 | Turon | 13 | (0) |
2023 | → Neftchi | 9 | (0) |
2024— | Neftchi | 9 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Bilolxon Toshmirzayev (ruscha: Билолхон Тошмирзаев; 8-avgust 1997-yil, Namangan) – Oʻzbekistonlik futbolchi, hujumkor yarimhimoyachi va qanot himoyachisi, yarim himoyachisi pozitsiyalarida oʻynaydi. Fargʻonaning „Neftchi“ klubi futbolchisi.
Bilolxon futboldagi dastlabki Namangan futbol maktabida olgan. 2017-yildan „Navbahor“ klubi asosiy jamoasiga jalb etilgan. 2018-yilgi mavsumda asosiy jamoa tarkibida oʻtkazgan va asosan oʻrinbosarlar tarkibida maydongga tushgan. 2019-yilgi mavsumda asosiy tarkibdagi raqobat sababli jamoani tark etgan va Toshkentning „Oqtepa“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Oqtepa klubi bir mavsum davomida oʻynaganidan soʻng[1] 2020-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasi debtytanti Yaypanning „Turon“ klubi tarkibiga oʻtgan. „Turon“ jamoasi tarkibida klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va mavsum yakunida klub bilan Oʻzbekiston Proligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan va Oʻzbekiston Superligasiga yoʻllanma olgan.
2021-yilgi Oʻzbekiston Superligasining 16-turida, Toshkentda „Lokomotiv“ jamosiga qarshi oʻyinda maydon markazining qanot qismidan raqib darvozasini ishgʻol qilgan[2][3]. Bu gol Bilolxonning Yaypan jamoasi tarkibidagi debyut goliga aylandi va mavsumning eng chiroyli gollaridan biri boʻldi[4][5][6].
2021-yil mavsum soʻnggida „Turon“ jamoasini Superliganing tark etganidan soʻng, Oʻzbekiston Superligasining boshqa bir ishtirokchisi Qoʻqon 1912 jamoasiga bir mavsumga ijaraga berilgan[7]. Qoʻqon jamoasida bir mavsumida oʻynaganidan soʻng 2023-yilgi mavsum boshida „Turon“ klubi tarkibiga qaytgan. 2023-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Fargʻonaninga „Neftchi“ jamoasiga ijaraga berilgan[8]. 2024-yil mavsum oldidan „Neftchi“ klubida ijara muddati yakunlangan va Turon klubi bilan shartnomasi yaknlanganidan soʻng, Neftchi jamoasi bilan yanggi bir yillik shartnoma imzoladi[9].