Indoneziyada turizm Indoneziya iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Indoneziya jahon turizm sanoati boʻyicha 20-oʻrinni egallaydi. Shuningdek, dunyoda eng tez rivojlanayotgan turizm reytingida toʻqqizinchi, Osiyoda uchinchi va Janubi-Sharqiy Osiyoda esa yetakchi davlat hisoblanadi[1]. 2018-yilda Denpasar, Jakarta va Batam shaharlari mos ravishda 32,7%, 29,2% va 23,3% ni qayd etib, turizm yoʻnalishida eng tez rivojlanayotgan 10 talik shaharlarga kiritilgan[2]. 2019-yilda Indoneziyaga 16,1 million xorijiy turistlar tashrif buyurdi. Bu koʻrsatkich 2018-yilga nisbatan 1,9% ga koʻpdir[3]. Indoneziyaga keladigan turistlarning 5 taligini Singapur, Malayziya, Xitoy, Avstraliya va Yaponiya egallaydi[4].
Sayohat va turizm raqobatbardoshligi tashkiloti maʼlumotiga koʻra, 2019-yil Indoneziya 4,3 ball bilan 140 mamlakat ichida 40-oʻrinni egalladi[5][6]. Bu Indoneziyaning 2017-yildagi 4,2 indeks ball bilan 136 mamlakat ichida 42-oʻrinni egallaganidan ikki bosqichga yaxshilanishdir[7][8]. Indoneziya juda yaxshi turizm salohiyatiga ega (9-oʻrin). Mamlakat tabiiy va madaniy resurslar boʻyicha ham ancha yaxshi koʻrsatkichlarga ega (17-oʻrin). Biroq, mamlakat infratuzilma indeks boʻyicha ancha past ball olgan (75-oʻrin), chunki turistik xizmat infratuzilmasining ayrim jihatlari rivojlanmagan[9].
Tabiat va madaniyat Indoneziya turizmining asosiy tarkibiy qismlaridir. Mamlakatda 17508 ta orollardan tarkib topgan yirik arxipelag mavjud va ulardan 6000 tasida aholi yashaydi[10]. Indoneziyada dunyodagi eng uzun 54176 km uzunlikdagi qirgʻoq chizigʻi mavjud[11]. Indoneziya faqat orollarda joylashgan dunyodagi eng katta va aholisi eng koʻp mamlakatdir[12]. Balidagi plyajlar, Sharqiy Yavadagi Bromo togʻi, Toba koʻli va Sumatradagi turli milliy bogʻlar mashhur diqqatga sazovor joylardir[13]. Ushbu tabiiy diqqatga sazovor joylar Indoneziyaning tarixi va etnik xilma-xilligini aks ettiruvchi boy madaniy meros hisoblanadi. Mamlakatdagi turli insonlar hayotida 719 ta tillar qoʻllaniladi[14].
Indoneziyada turizm hozirda Indoneziya turizm vazirligi tomonidan nazorat qilinadi[15]. Xalqaro turistik kompaniyalari asosan oq qumli plyajlar hamda ochiq osmon ostidagi maʼdaniy obyektlarga investitsiya kiritishmoqda. Asosiy investitsiya kiritiladigan manzillar qatoriga, Bali orolidagi plyajlar va mehmonxonalarni misol keltirish mumkin[16].
Indoneziya asrlar davomida sayohat qilish uchun asosiy manzillardan biri boʻlib kelgan. Avval ham mamlakat hududi sayyohlik joyi ekanligiga Borobudur relyefidagi pannolarda insonlar hayoti, kichik restoranlar va raqs maydonlari tasvirlanganligi yaqqol misoldir. Indoneziyadagi sayohat manzillari haqidagi maʼlumotlar 14-asrdan boshlab yozilgan[17]. Dastlab Gollandiyalik insonlar tomonidan turizm va xizmat koʻrsatish obyektlari barpo qilingan[18]. 19-asrda Indoneziya shaharlarida raqs zallari, jonli musiqaxonalari va chiroyli ovqatlanish restoranlari bilan jihozlangan mehmonxonalar mavjud. Masalan, Batavia (hozirgi Jakarta)dagi Hotel des Indes (1829-yil), Savoy Homann mehmonxonasi Bandungda, Surabayadagi Oranje mehmonxonasi (taxmiman 1910-yillarda) va Medandagi De Boer mehmonxonasi misol boʻla oladi. 1930-yillarda mamlakatga turistlarning katta qismi okean bagʻrida dam olish uchun tashrif buyurishgan. 1930-yillarda Baliga asosan yevropalik sayyohlar va uzoq muddatli turistlarning oqimi sezilarli darajada koʻpaydi. Koʻpchilik Ubud hududida joylashgan sanʼat markaziga tashrif buyurardi[19]. 1970-yillarning boshi va oʻrtalarida Jakarta va Balida yuqori darajadagi mehmonxonalar va turistik obyektlar paydo boʻla boshladi. 1982-yilda Borobudur restavratsiyasi loyihasi tugagandan soʻng, Yogyakarta Indoneziyaning Bali shahridan keyin mashhur turistik maskaniga aylandi. Qadimgi Yava ibodatxonalari va Yogyakarta sultonligi saroyini oʻrab turgan 8-asrga oid buddist yodgorligi diqqatga sazovordir. Shu davrdan Suxarto davrining oxirigacha turizm industriyasining rivojlantirishni oʻz oldiga maqsad qilib olingandi[20].
Rank | Country | 2019 | 2018 | 2017 | 2016 | 2015 | 2014 | 2013 | 2012 | 2011 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Malayziya | 2,980,753 | 2,503,344 | 1,238,276 | 1,225,458 | 1,431,728 | 1,418,256 | 1,380,686 | 1,269,089 | 1,173,351 |
2 | Xitoy | 2,072,079 | 2,139,161 | 1,972,405 | 1,452,971 | 1,249,091 | 1,052,705 | 858,140 | 726,088 | 594,997 |
3 | Singapur | 1,934,445 | 1,768,744 | 1,512,813 | 1,472,767 | 1,594,102 | 1,559,044 | 1,432,060 | 1,324,706 | 1,324,839 |
4 | Avstraliya | 1,386,803 | 1,301,478 | 1,188,449 | 1,198,033 | 1,090,025 | 1,145,576 | 983,911 | 952,717 | 933,376 |
5 | Sharqiy Timor | 1,178,381 | 1,762,442 | 960,026 | 956,874 | 921,657 | 873,258 | 769,697 | 719,996 | 668,139 |
6 | Hindiston | 657,300 | 595,636 | 485,314 | 376,802 | 306,960 | 267,082 | 231,266 | 196,983 | 181,791 |
7 | Yaponiya | 519,623 | 530,573 | 538,334 | 513,297 | 528,606 | 505,175 | 497,399 | 463,486 | 423,113 |
8 | AQSh | 457,832 | 387,856 | 331,132 | 296,183 | 269,062 | 246,397 | 236,375 | 217,599 | 203,205 |
9 | Buyuk Britaniya | 397,624 | 392,112 | 361,197 | 328,882 | 286,806 | 244,594 | 236,794 | 219,726 | 201,221 |
10 | Janubiy Koreya | 388,316 | 358,885 | 378,769 | 343,887 | 375,586 | 352,004 | 351,154 | 328,989 | 320,596 |
11 | Fransiya | 283,814 | 287,917 | 268,989 | 250,921 | 208,679 | 208,537 | 201,917 | 184,273 | 171,736 |
12 | Germaniya | 277,653 | 274,166 | 260,586 | 231,694 | 201,202 | 184,463 | 173,470 | 158,212 | 149,110 |
13 | Filippin | 260,980 | 217,874 | 162,726 | 149,490 | 267,700 | 248,182 | 247,573 | 236,866 | 210,029 |
14 | Niderlandiya | 215,287 | 209,978 | 205,844 | 195,463 | 172,371 | 168,494 | 161,402 | 152,749 | 163,268 |
15 | Tayvan | 207,490 | 208,317 | 211,489 | 209,369 | 223,478 | 220,328 | 247,146 | 217,708 | 228,922 |
16 | Rossiya | 158,943 | 125,728 | 110,529 | 80,514 | 65,705 | 88,775 | 82,863 | 76,584 | 78,531 |
17 | Saudiya Arabistoni | 157,512 | 165,912 | 166,111 | 186,654 | 160,696 | 147,074 | 150,247 | 144,584 | 140,579 |
18 | Yangi Zelandiya | 149,010 | 128,366 | 106,914 | 102,776 | 98,861 | 94,735 | 91,144 | 88,489 | 87,233 |
19 | Tailand | 136,699 | 124,153 | 106,510 | 98,864 | 93,590 | 95,195 | 92,549 | 93,642 | 90,167 |
20 | Kanada | 103,616 | 97,908 | 96,139 | 94,178 | 91,437 | 88,157 | 85,478 | 84,369 | 82,641 |
Umumiy | 16,106,954 | 15,810,305 | 14,039,799 | 11,519,275 | 10,406,759 | 9,435,411 | 8,802,129 | 8,044,462 | 7,649,731 |
Indoneziya turizm statistikasi[22][23][24][25][26] | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Xalqari turistar soni | |||||||
2000 | 5,064,217 | |||||||
2001 | 5,153,620 | |||||||
2002 | 5,033 400 | |||||||
2003 | 4,467,021 | |||||||
2004 | 5,321,165 | |||||||
2005 | 5,002,101 | |||||||
2006 | 4,871,351 | |||||||
2007 | 5,505,759 | |||||||
2008 | 6,429,027 | |||||||
2009 | 6,452,259 | |||||||
2010 | 7,002,944 | |||||||
2011 | 7,649,731 | |||||||
2012 | 8,044,462 | |||||||
2013 | 8,802,129 | |||||||
2014 | 9,435,411 | |||||||
2015 | 10,406,759 | |||||||
2016 | 11,519,275 | |||||||
2017 | 14,039,799 | |||||||
2018 | 15,810,305 | |||||||
2019 | 16,106,954 | |||||||
2020 | 4,052,923 | |||||||
2021 | 1,557,530 | |||||||
2022 | 5,471,277 |
Indoneziyaning Markaziy statistika agentligi tomonidan qayd etilgan eng mashhur sayyohlik shaharlari oʻntaligiga Bali, Gʻarbiy Yava, Markaziy Yava, Sharqiy Yava, Jakarta, Shimoliy Sumatra, Lampung, Janubiy Sulavesi, Janubiy Sumatra, Banten va Gʻarbiy Sumatra shaharlari oʻrin oldi[27]. Mahalliy sayyohlarning eng koʻp oqimi har yili Ramazon hayitiga toʻgʻri keladi. Ramazon oyida roʻza tutishdan keyin ikki haftalik bayram boʻlgan paytda koʻplab shaharlik musulmonlar yaqin qarindoshlarinikiga tashrif buyurishadi. Shaharlararo transportdan foydalanish eng yuqori choʻqqisiga koʻtariladi va koʻpincha bu vaqt ichida sayyohlardan qoʻshimcha haq olinadi.
2000-yildan beri har yili oʻrtacha 5 million xorijiy turist keladi, ular kuniga oʻrtacha 100 AQSh dollari sarflaydi. Turistlarning tashrifi 9-12 kunni tashkil qilib, Indoneziya bundan 4,6 milliard AQSh dollari miqdorida daromad oladi[28][29].
Barcha tashrif buyuruvchilarning taxminan 59% i Indoneziyaga dam olish maqsadida, 38% i esa biznes uchun sayohat qilishmoqda[30].
2012-yilda Jahon sayohat va turizm Kengashi maʼlumotlariga koʻra, sayohat va turizm Indoneziya YaIMning 8,9 foizini tashkil etdi va Indoneziyadagi barcha aholining bandiligini 8% i turizm bilan bogʻliq[30].
Indoneziya yaxshi saqlangan tabiiy ekotizimga ega boʻlib, tropik o'rmonlar Indoneziya hududining taxminan 57% ini tashkil qiladi[31][32]. Indoneziyadagi tabiiy ekotizim hali ham yaxshi saqlanib qolganining asosiy sababi 17 000 ta oroldan faqat 6 000 tasida doimiy aholi istiqomat qilishidir[33].
1817-yilda tashkil etilgan Bogor botanika bogʻlari va 1862-yilda tashkil etilgan Cibodas botanika bogʻlari Osiyodagi eng qadimgi botanika bogʻlaridandir. Tropik oʻsimliklarning boy kolleksiyalari bilan bu bogʻlar botanika tadqiqotlari markazi va sayyohlik diqqatga sazovor joylari hisoblanadi.
Indoneziyada 54 ta milliy bogʻlar mavjud boʻlib, ulardan 6 tasi jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan[34]:
Sumatra fillari, Sumatra yoʻlbarslari, Sumatra karkidonlari, Yavan karkidonlari va orangutanlar kabi koʻplab mahalliy turlar yoʻqolib ketish xavfi ostida va qolgan populyatsiyalar milliy bogʻlar yoki boshqa tabiat qoʻriqxonalarda saqanmoqda[41]. Sumatra orangutanini Bukit Lavang qoʻrixonasida, Bornean orangutanini esa Kalimantanning markaziy qismidagi Tanjung Puting milliy bogʻida tomosha qilish qilish mumkin. Dunyodagi eng katta gul Raffleziya arnoldi va eng baland gul Titan arumnini Sumatrada topish mumkin[42].
Togʻlarda piyoda sayr qilish va dam olish ham turistlarning eʼtibor markazida. Koʻpgina togʻlarda daryolar mavjud. Vulqonli togʻlar xavfli boʻlsa-da, ular asosiy turistik joylarga aylangan. Indoneziyaning ikkinchi eng baland vulqoni sharqdagi Lombok hisoblanadi[43]. Mashhur faol vulqonlar Sharqiy Yava provinsiyasidagi balandligi 2329 metr boʻlgan Bromo togʻi boʻlib, uning krater atrofidagi manzarali vulqon choʻli mavjud[44].
Indoneziya 1300 dan ortiq etnik guruhdan iborat[45]. Indoneziyada turli xil mahalliy anʼanaviy madaniyatlar hali ham mavjud. Janubiy Sulavesidagi mahalliy Toraja etnik guruhi garchi aksariyati hozir nasroniy hisoblansada, hali ham animistik eʼtiqodlardan kelib chiqqan anʼanaga ega[46]. Eng mashhur Toraja anʼanalaridan biri bu ularning dafn marosimlari-Rambu Solodir[47]. Minangkabau etnik guruhi musulmon boʻlishiga qaramay, oʻziga xos matrilineal madaniyatni saqlab qolgan. Boshqa mahalliy etnik guruhlarga Papuadagi Asmat va Dani, Kalimantandagi Dayak va Sumatradagi Mentavaylar kiradi, bu yerda anʼanaviy marosimlar hanuzgacha saqlanib qolgan[48].
Indoneziyaning aksariyat yirik shaharlarida davlatga qarashli muzeylar mavjud, ularning aksariyati ommaga uchun ochiq. Indoneziya madaniyati va sayyohlik joylarini tarixdan oldingi davrdan mustamlaka davrigacha oʻz ichiga olgan maʼlumot beruvchi Jakartada joylashgan Indoneziya milliy muzeyidir[49].
4-asrdan 15-asrgacha hinduizm va buddizm Indoneziya madaniyatini shakllantirgan. Hindu-Buddist davrining insonlari Indoneziya tarixini ajralmas qismi hisoblangan, „kandi“ deb nomlangan baʼzi ibodatxonalar va yodgorliklarni yaratdilar. 8-asrda Sailendra sulolasi davrida qurilgan eng yaxshi saqlanib qolgan buddistlar ziyoratgohi Markaziy Javadagi Borobudur ibodatxonasidir[50]. Qoʻngʻiroq shaklidagi jihozlar bilan bezatilgan ulkan tosh mandala piramidasi, Buddaning hikoyalari va taʼlimotlari haqida hikoya qiluvchi barelyeflar bilan bezatilgan[51].
Janubi-sharqdan bir necha kilometr uzoqlikda, Indoneziyadagi ikkinchi Mataram sulolasi davrida qurilgan eng yirik hindu ibodatxonasi boʻlgan Prambanan majmuasi joylashgan[52][53].
Islom dini Indoneziyadagi madaniy jamiyatiga katta hissa qoʻshgan. 2006-yil holatiga koʻra Indoneziya aholisining 88 foizini musulmonlar tashkil qilgan[54]. Islom merosi turizmi, Indoneziya musulmonlari va umumiy Janubi-Sharqiy Osiyo islom merosini oʻrtoqlashtirgan Malayziya, Singapur va Bruney kabi qoʻshni mamlakatlardan kelgan musulmonlar orasida ham mashhur hisoblanadi. Islom merosi turizmi odatda tarixiy islomiy joylarga, masalan, tarixiy masjidlar va islom arboblarining maqbaralari islom ziyorat turizmi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, Indoneziyaning masjidlariga yoki maqbaralariga tashrif buyuruvchi barcha uchun kiyinish qoidalari joriy qilingan.
Indoneziyaning koʻpgina yirik shaharlarida oʻzlarining tarixiy va monumental Masjidi Agung (Katta masjid) mavjud boʻlib, ular shaharning diqqatga sazovor joyi va turistik diqqatga sazovor joylariga hisoblanadi[55]. Istiqlol masjidi, Jakarta, Indoneziya milliy masjidlari Jakartaning asosiy diqqatga sazovor joyi va sayyohlik maskani hisoblanadi[56].
Hordiq chiqarish va shahar turizmi tarkibiga xarid qilish, katta shaharlarning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish, zamonaviy istirohat bogʻlari, oʻyin-kulgilardan bahramand boʻlish kiradi[57].
Indoneziya toʻqimachilik va moda mahsulotlarining yaxshi sifati bilan mashhur. Bandung — Malayziya va Singapurliklar orasida moda mahsulotlarini sotib olish uchun mashhur joy[58]. Balida koʻplab savdo markazlari mavjud, masalan, Kuta savdo markazi va Galeria nusa dua kabi savdo markazlari.
Attraksionlari mavjud istirohat bogʻlari, indoneziyalik oilalar hordiq chiqarishlari uchun qulay joydir. Dunia fantasi nomli istirohat bogʻi Disneylend uslubida yaratilgan hisoblanadi[59].
Indoneziya boy va xilma-xil oshxona anʼanalariga ega davlatlardan biridir[60]. Indoneziya oshxonasi mintaqaga qarab juda farq qiladi va turli xil anʼanalarga ega[61][61][62][63]. Kokos sutiga boy Minangkabau oshxonasidan tortib, Papua va Ambon oshxonasining Okeaniya dengiz mahsulotlari taomlarigacha Indoneziyaning oshxonasining xilma-xilligini bilish mumkin.
Quyidagi 170 ta davlat[64] pasportiga ega turistlar Indoneziyaga 30 kun davomida vizasiz kirishlari va qolishlari mumkin[65][66][67][68].
Quyidagi toʻrtta davlat fuqarolari 20 ta aeroport, 23 ta dengiz portlari va Entikong quruqlik oʻtish chegarasida 35 AQSH dollari toʻlash orqali 30 kunlik muddat ichida viza olish uchun ariza topshirishlari mumkin[69][70][71][72][73].
((cite magazine))
: Cite magazine requires |magazine=
(yordam)