Qahva
Tur Odatda issiq, muzdek sovuq boʻlishi mumkin
Mamlakat Yaman[1]
Rangi Qora, qora jigarrang, ochiq jigarrang

Qahva (arabcha) — qahva daraxtining qovurilgan donlaridan tayyorlanuvchi, keng tarqalgan ichimlikdir. Qahva bilan bogʻliq tijorat IX asrda, Efiopiyada boshlangan. Efiopiyadan u Misr va Yamanga, soʻngra XV asrda Eron, Turkiya hamda shimoliy Afrikaga tarqalgan. Musulmon mamlakatlardan qahva Italiyaga, u yerdan esa Yevropaning boshqa mamlakatlari va Amerikaga yoyilgan[2][3].

Qahva daraxtining Coffea canephora va Coffea arabica navlari ekiladi, plantatsiyalar Lotin Amerikasi, Janubi-sharqiy Osiyo va ekvatorial Afrikada joylashgan. Qahva donlari teriladi, saralanadi va quritiladi. Keyin esa 200°C haroratda qovuriladi, bunda donlardagi uglevodlar quyuqlashadi, rang oʻzgaradi va taʼm paydo boʻladi[4].

Qahva butunjahon sotilishi hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi (neftdan keyin)[4].

Yana qarang

Adabiyotlar

Manbalar

  1. Мировая Энциклопедия Кофе. Росмэн, 2002 — 18 bet. 
  2. Qahva tayyorlash uchun qahva mashinalaridan foydalanish
  3. 4,0 4,1 ((книга|автор=Е. О. Чекулаева.|заглавие=Я познаю мир. Города мира|ответственный=Е. М. Иванова|издательство=АСТ (издательство)|год=2000|страниц=480|страницы=70—71|ISBN 9785170275953